O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Moskvadagi o‘zbek konsulligi va parlament deputatlari Moskvadagi qamoqxonada ochlik e’lon qilingani aytilayotgan o‘zbek muhojiri ishini o‘z nazoratiga oldi. Narkotik moddasini saqlaganlikda ayblanib qamalgan 21 yashar toshkentlik Ma’rufjon Shakarov Moskvaga uchuvchilikka o‘qishga kelgani aytilmoqda.