Qamoqda 18 yil saqlangan jurnalist Muhammad Bekjon erkinlikka chiqarilganidan bir yildan ko‘proq vaqt o‘tib, Qo‘shma Shtatlarda yashayotgan farzandlari bilan ko‘rishiga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbekiston hukumati o‘tgan haftada Muhammad Bekjonga xorijga chiqish ruxsatnomasini bergan.