Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumani prokurori o‘rinbosari, Sherali Ahmedov 1 mart kuni O‘zbekiston Harbiy prokuraturasining Termizda bo‘lib turgan maxsus guruhi tomonidan hibsga olindi. Bu xabarni tasdiqlagan viloyat prokuraturasi mulozimiga ko‘ra, Sherali Ahmedov Surxondaryo viloyati MXX tergov boshqarmasi sobiq boshlig‘i Nodir To‘raqulov tuzgan jinoiy guruhga aloqadorlikda gumonlanmoqda.