Добавить новость
smi24.net
World News in Uzbek
Июнь
2018

Qo‘qon rasmiylari buyrug‘i bilan teatr devoridagi asar “islomga zid” deya buzib tashlandi

0
Qo‘qon shahridagi teatr devoriga O‘zbekiston xalq rassomi¸ akademik Bahodir Jalol tarafidan ishlangan freskadagi ayollar rasmi vayron qilingan. O‘zbekiston madaniyat vazirligida bu vandalizm voqeasini o‘rganish bo‘yicha komisiya tuzilgan. Vazirlik vakilining Ozodlikka aytishicha freska shahar hokimi o‘rinbosari buyrug‘i bilan vayron qilingan. Vazirlik mulozimi “freska aynan qachon buzilgani haqida ma’lumot yo‘q ammo biz bu voqeani qoralaymiz¸ aybdor mulzimlar jazolanadi” deh ta’kidladi. Vayron qilingan freskani Qo‘qon teatriga borib ko‘rgan san’atshunos Akmal Rizaevning o‘rganishicha asar Qo‘qon shahar hokimligi mulozimi tarafidan “islomga zid deb topilib” freska personaji bo‘lgan malaklarga hijob kiydirilgan. Rassom Bahodir Jalol Ozodlik bilan suhbatda bu voqeani “vahshiylik” deya atadi va bu voqeaga isyon sifatida o‘z ko‘rgazmasini to‘xtatganligini bildirdi.














Музыкальные новости






















СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *