Добавить новость
smi24.net
World News in Uzbek
Июнь
2018

Eron oliy rahbari: Riyol qulashiga xorij matbuoti propagandasi aybdor!

0
Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy mamlakat sud organlarini eronliklar “biznesi va hayoti” xavfsizligini ta’minlash uchun chora ko‘rishga chaqirdi. 24 iyundan Tehronda mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatdan norozi xalq ko‘chalarga chiqa boshladi.


Xomanaiy 27 iyun kuni sud rasmiylari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida bir necha kundan beri tinchimayotgan namoyishlarga ilk marotaba to‘xtalib o‘tdi.


Oliy rahbar “xavfsizlik muhiti” qayta tiklanishi kerakligini, sud rasmiylari iqtisodiy xavfsizlikka tahdid solayotganlarga qarshi kurashishi kerakligini ta’kidladi.


Bu orada AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Twitterda eronliklar “korrupsiya, nohaqlik hamda o‘z yetakchilarining uquvsizligidan charchadi” deb yozdi.


Pompeo Eronning “poraxo‘r tuzumi Suriya prezidenti Bashar al-Assadni qo‘llab hamda Hizbulloh va HAMAS guruhlarini moliyalashtirib, mamlakat resurclarini isrof qilayotganini” ta’kidladi.


Narx-navo oshib, riyol qadrsizlanayotganidan norozi eronliklar 24 iyun kunidan namoyishga chiqa boshladi. 25 iyun kuni Tehronda parlament binosi qarshisida namoyishchilar xavfsizlik xizmati xodimlari bilan to‘qnashdi. Namoyishlar tufayli shaharning katta bozori vaqtincha yopildi.


Norozilik namoyishlari Eronning boshqa shaharlariga ham tarqalmoqda.


26 iyun kuni prezident Hasan Ruhoniy hukumat eronliklarni AQSh qayta joriy qilishi kutilayotgan sanksiyalar ta’siridan himoya qilishini va’da qildi.


AQSh prezidenti Donald Tramp 8 mayda AQSh Eron va dunyoning 6 yetakchi davlati o‘rtasida 2015 yilda imzolangan Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha shartnomadan chiqib, Tehronga qarshi sanksiyalarni qayta tiklashini bildirgan.


Sanksiyalar qayta joriy qilinsa, Eron neft eksporti orqali to‘plagan erkin muomaladagi valyuta zahiralari ozayishi mumkin. Milliy pul qadrining keskin pasayishi esa¸ eronliklarning riyoldagi jamg‘armalari ham keskin kamayishini anglatadi.


26 iyun kuni Ruhoniy hukumat daromadi keyingi oylarda ozaymaganini ta’kidladi va riyol qadrsizlanishiga “xorij matbuoti propagandasi” sababchi ekanligini iddao qildi.


O‘tgan yilning dekabr oyida Eronning yirik shaharlarida bir necha kun davomida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan, namoyishlar vaqtida yuzaga kelgan tartibsizliklar tufayli 25 kishi halok bo‘lgan edi. O‘shanda Eron oliy ruhoniysi mamlakat shaharlaridan birida tuxum narxining keskin oshishiga qarshi boshlangan noroziliklar Eron dushmanlari tomonidan uyushtirilganini iddao qilgan edi.


Joriy haftada boshlangan namoyishlar avj olishidan xavotirga tushgan Eron rasmiylari mamlakatdagi iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun tezkor yechimlarni o‘rtaga tashlamoqda.


Xususan, Eron hukumati matbuot kotibi Bag‘er Nobaxt eronliklarni “mahalliy ishlab chiqarishni jonlantirish” uchun o‘z xorijiy valyuta va oltinlarini “likvidatsiya” qilishga chorladi. Kotib, shuningdek, xorijdagi eronliklar o‘z vatanlariga xorijiy valyuta olib kelishlari keraligini aytdi.


27 iyun kuni Eron sud tizimi yetakchisi Sadeq Larijoniy esa riyol qulashi ortida turgan “iqtisodiy sabotajchilar” keskin jazolanishi, lozim bo‘lsa, qatl etilishidan ogohlantirdi.














Музыкальные новости






















СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *