Mirziyoev boshqaruv modelining Karimovning “O‘zbek modeli”dan farqi nimada?
Boshqaruvning avval ko‘rilmagan usullaridan foydalanilmoqda.
Masalan, Prezidentning 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan shahar, tuman va viloyatlar 4 sektorga bo‘lindi.
Bu sektorlarning birini hokim, ikkinchisini prokuror, uchinchisini soliq xizmati boshlig‘i, to‘rtinchisini esa, ichki ishlar boshlig‘i boshqarmoqda.
Xo‘sh, bu qanday boshqaruv modeli bo‘ldi?
Bu Rabbimovga bergan yana bir savolimizki, umuman, bugungi suhbat Mirziyoev boshqaruvining Karimov boshqaruvidan farqi bor-yo‘qligi ustida bo‘ldi.
