Мы в Telegram
Добавить новость
smi24.net
World News in Uzbek
Февраль
2022

Qashqadaryoda IIB olib ketgan fuqaro vafot etdi. Uning “alkogoldan" o‘lgani iddao qilinmoqda

0
Qashqadaryoda IIB olib ketgan fuqaro vafot etdi. Uning “alkogoldan

Joriy yilning 11 - fevral kuni Qashqadaryo viloyat, Mirishkor tuman, “Chandir” mahallasida yashovchi Yusuf Sultonov IIB xodimlari tomonidan olib ketilgan va oradan 6 soat o‘tib, yaqinlari uning o‘lganidan xabar topishgan.

Voqea guvohlariga ko‘ra, 37 yashar Yusuf Sultonov o‘sha kuni mast bo‘lib janjal chiqargani bois qo‘shnilari uning ustidan IIBga shikoyat qilgan.

Mirishkor IIBsiga ko‘ra, Sultonovni tekshirish uchun narkologiya dispanseriga olib borishgan payti uning sog‘ligi og‘irlashib, kasalxonaga yotqizilgan va shu yerda uning joni uzilgan.

Marhumning yaqinlari Sultonovning o‘limiga unga nisbatan IIB xodimlari tomonidan kuch qo‘llangani sabab bo‘lganini taxmin qilishmoqda.

Sultonovni uyidan olib ketgan IIB mayori Ozodlik bilan suhbatda marhumga nisbatan kuch qo‘llanilmagani, "u me’yoridan ortiq alkogol ichgani sabab" o‘lganini iddao qildi.

 

IIB olib ketgan yigitning uyga o‘ligi keldi

Voqea guvohlariga ko‘ra, Yusuf Sultonov 11 - fevral kuni kechki soat 5larda mast bo‘lib uyida janjal chiqargan, keyin qo‘shnilari bilan ham janjallashgan.

Qo‘shnilardan biri IIBga qo‘ng‘iroq qilib, Sultonov ustidan shikoyat qilgach, “Chandir” MFY profilaktika nozirlari yetib kelgan.

Nozirlar Yusuf Sultonovni uyidan olib ketganidan taxminan 6 soat o‘tib, yaqinlari uning o‘lganidan xabar topishgan.

12 - fevral kuni ertalab Yusuf Sultonovning jasadi uyiga olib kelingan va shu kuni u dafn qilingan.

Marhumning yaqinlari Ozodlik bilan suhbatda Sultonovning o‘z ajali bilan o‘lganiga shubha qilishlarini aytishdi.

“Mast bo‘lgani uchun ahvoli og‘irlashib o‘lganini aytishdi. Yusuf shu paytgacha ham g‘irt mast bo‘lguncha ichardi. Birovga tuhmat qilishga qo‘rqaman. Lekin IIB olib ketganidan so‘ng uning o‘lgani baribir shubha tug‘diradi”, -dedi marhumning yaqinlaridan biri.

Marhumning boshqa bir yaqiniga ko‘ra, IIB xodimlari Sultonovning o‘limida ularning aybi yo‘qligini va “Sultonov aroq ko‘p ichib qo‘ygani uchun komaga tushib o‘lgani”ni aytishgan:

"Ma’rakada xotini va bolalarining dod-faryodiga chidab bo‘lmadi. Yusuf oilasini mardikorlik orqasidan boqardi. Juda kambag‘al yashashadi. Uyining deraza va eshiklari ham yo‘q. Dafn kuni mahalla-ko‘y uyiga eshik o‘rnatib berishdi. Marakalarning harajatlarini ham qo‘shnilari ko‘tardi. Oilada bir so‘m ham pul yo‘q ekan. Xotini hech qayerda ishlamaydi. Endi qanday kun ko‘rishadi, hayronman. Yusufning xotini bilan hatto zagsi yo‘q edi. Bir qiz, bir o‘g‘li bor. Ikkala bolada ham shu paytgacha tug‘ilganlik guvohnomasi yo‘q. Qizi yaqinda maktabni bitiradi. Hech bo‘lmasa, bolalariga hokimlik hujjat qilib bersa bo‘lardi. IIB kelib, "tushuntirish" o‘tkazibdi, "Yusuf aroqdan o‘ldi" debdi".

Mayor izohi: Sultonov alkogoldan o‘ldi

Ozodlik Yusuf Sultonovni 11 - fevral kuni uyidan olib ketganlardan biri - IIB mayori bilan suhbatlashdi:

“11 - fevralda Sultonovning qo‘shnisidan vizov tushdi. Yordamchilarim bilan uni avval mahalladagi tayanch punktiga olib bordik. Qo‘shni ariza yozdi. Sultonovni viloyat narkologiya dispanseriga olib borib, mastlik darajasini aniqlash uchun “Aloqa xati” to‘ldirdik. ROVDga qo‘ng‘iroq qilib, xatni qaydga oldirib, “chiqim” qildik. Keyin uni mashinada narkologiyaga olib bordik. O‘sha yerda mazasi qochgach, Shoshilinch  tibbiy markazga olib bordik, u yerda 2 soatcha yotgach, o‘lgan”.

Mayor marhumning o‘limida iibchilarning aybi yo‘qligini iddao qildi:

“Mashinada Qarshiga borguncha uxlab bordi. Hozir har-xil gaplar chiqyapti. Lekin biz unga qo‘limizni ham tekkizmadik. Agar mazasi yo‘qligini aytganida, to‘g‘ri kasalxonaga olib borardik. Uning qonida me’yoridan ortiq alkogol borligi aniqlandi. Ekspertiza ham qilindi. Lekin hali beri ekspertiza xulosasi chiqmaydi, uni kutish kerak. Holatni prokuratura o‘rganyapti”.

IIB mayori marhumning oilasi bilan “tushuntirish” o‘tkazilganini ham aytdi:

“Oilasi bilan gaplashib, tushuntirish o‘tkazdik. Sultonov kasalxonada alkogol komasiga tushgani sabab o‘lgan. Yaqinlari tushundi. Da’voi yo‘q bizga. O‘zi Sultonov profilaktika nazoratida edi. U avvalroq narkologiyada yotib, davolanib ham chiqqan. Keyin xotinini urgani uchun hokimlik uning xotiniga “himoya orderi” bergan. Lekin Sultonov baribir xotiniga qo‘l ko‘targani uchun o‘tgan yozda 15 sutka o‘tirib ham chiqqan”.

Qashqadaryo viloyat narkologiya dispanseridan Yusuf Sultonovga oid biror ma’lumot olish imkoni bo‘lmadi.

Qashqadaryo Shoshilinch tibbiy yordam markazi xodimlaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, dastlabki tibbiy tekshiruvlar Sultonov "alkogoldan vafot etganini ko‘rsatgan".

"Bemor Sultonovda "alkogol abstinent sindromi" bo‘lgan. Keyin u "alkogolnaya koma" holatida bo‘lgan. Bu faqat dastlabki tibbiy xulosa. Hammasi ekspertizadan keyin aniq bo‘ladi", dedi matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi sabab ismi ochiqlanmasligini so‘ragan shifokor.

Mirishkor tuman Ichki ishlar bo‘limi ma’lumoti bo‘yicha, 11 - fevral kuni Yusuf Sultonov IIB binosiga olib kelinmagan. Uni profilaktika nozirlari "Chandir" mahallasidan to‘g‘ri Qarshiga olib ketishgan.

“Yusuf Sultonov Mirishkor tumani IIBga olib kelinmagan va u bu yerda o‘lmagan. Profilaktika nozirlari "Aloqa xati"ni telefon qilib "Chiqim" qilishgan” dedi navbatchilik qismi xodimi Ozodlik bilan suhbatda.

Mirishkor IIB xodimlariga ko‘ra, Yusuf Sultonov o‘limi bo‘yicha Qarshi shahar prokuraturasi tergovoldi surishtiruvlarini olib bormoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinovga Yusuf Sultonov o‘limi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berishni so‘rab, murojaat qildik. Hozircha biror izoh berilmadi.

Qashqadaryo militsiyasi bilan bog‘liq o‘limlar

Qashqadaryoda IIB xodimlari fuqarolar o‘limida ayblangan holatlar avval ham kuzatilgan.

O‘tgan yilning 25 - iyul kuni Qashqadaryo viloyati Nishon tumani IIBning huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limiga olib kelingan fuqaro Nursoat Muhammadiyevning jasadi yaqinlariga topshirildi. IIB organi uning viloyat narkologik dispanserida vafot etgani, marhumning yaqinlari esa uning urib o‘ldirilganini iddao qildi, qiynoq izlari borasidagi vajlar tekshirilmadi.

2020 - yilning sentabrida jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi Chiroqchi tumanida mol o‘g‘irlaganlikda gumon qilinib, IIB binosiga olib ketilgan va o‘sha yerda kaltaklanishdan vafot etgan 32 yoshli Yusuf Abdurahmonov o‘limida ayblangan besh nafar militsiya xodimiga 4 yildan 9 yilgacha qamoq jazosi tayinlagan.

2013 - yilda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani Chordara qishlog‘ida yashovchi 32 yoshli Husniddin Oqqo‘ziyev Chiroqchi tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan qiynoqqa solingani oqibatida vafot etgani xabar qilingan.

2012 - yilda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani O‘makay MFYda yashovchi 31 yashar Alimardon Berdiqulov Chiroqchi tumani militsiyasida qiynoqdan nobud bo‘lgan va militsiya xodimlari javobgarlikka tortilgan.

O‘zbekiston “Qiynoqlarga qarshi konvensiya”ga qo‘shilgan va o‘z aholisini qiynoq jinoyatlaridan himoya qilish majburiyatiga ega.

O‘tgan yilning 26 - iyun kuni prezident Mirziyoyev "Qiynoq qurbonlarini qo‘llash xalqaro kuni”da qiynoqlarning oldini olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi yangi qarorni ham imzoladi.

Shunga qaramasdan mamlakatda qiynoq holatlari to‘xtamayapti.

Prezident qaroridan so‘ng Denov, Nishon va Taxiatoshda fuqarolarni qiynash bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etildi. Har uchala hodisa odam o‘limi bilan yakun topdi.

Mazkur o‘limlar yuzasidan izoh bergan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov qiynoq qurbonlarining o‘zlarini ayblab chiqdi.

Mirziyoevning yangi qaroriga ko‘ra, Ombudsman huzurida qiynoqlarni aniqlash bo‘yicha guruh tashkil etildi. Endilikda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va yetkazilgan zararni kompensatsiya qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Hozirga qadar o‘lim bilan yakun topgan qiynoq holatlari yuzasidan bir necha IIB xodimi ishdan chetlatilgan, ammo bironta ham yuqori martabali mulozim shaxsiy javobgarlikni zimmasiga olmagan. O‘tgan yili Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida gumondorlarning qiynab o‘ldirilishi hodisalari ortidan ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning iste’fosiga chaqiriqlar yangragandi.







Яндекс, А.С. Пушкин, Святой Ленин ведут следствие. Настоящая сенсация! 225 лет А.С. Пушкину.

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: С начала года более 4,7 тысячи жителей Московского региона оформили страховую пенсию в автоматическом режиме на портале госуслуг

В Подмосковье сотрудники Росгвардии спасли пожилого мужчину, который оказался один дома и плохо себя почувствовал


Антисанитария в службах доставки: токсиколог Кутушов рассказал, почему опасно заказывать еду

Бурятский Театр кукол Ульгэр в Улан-Улан-Удэ показал в Этнографическом музее народов Забайкалья перед детьми и родителями в семейный праздник сказку Колобок - Новости и Культура, Дети и Россия

Работник СЛД «Чита» филиала «Забайкальский» ООО «ЛокоТех-Сервис» принял участие в экологической акции по очистке берега и дна озера Кенон

Слушатель из Смоленска выиграл на «Авторадио» «Москвич 3»


Walmart adds employee bonus for hourly US workers

A Deep Dive into Realistic Doll Manufacturers

Watch awkward moment baffled French Open teen is ‘teleported’ into Eurosport studio for live TV interview

Andy Murray cracks brutal joke as Brit star’s Wimbledon preparations are disrupted by bizarre injury 


Бурятский Театр кукол Ульгэр в Улан-Улан-Удэ показал в Этнографическом музее народов Забайкалья перед детьми и родителями в семейный праздник сказку Колобок - Новости и Культура, Дети и Россия

Гора Бабырган

В Орловской области 13-летний мотоциклист сбил женщину

Такси в 7 раз чаще попадает в ДТП, чем обычные автомобилисты — изучаем аварийность на дорогах


I tried to recreate Marvel's Iron Man in this movie studio sim, and my version was so bad my own father stormed out of the theater

Concord is skipping free-to-play and pulling a Helldivers 2 instead: $40 for the full game with all 16 heroes at launch

Мафия-НН: Все в сборе, правила с тревогой выслушаны, роли прочитаны, и сразу же в бой!

Показ геймплея тактики SteamWorld Heist II



В Москве прошла Премия-практикум «Харизма Года»

Трихолог, ведущий специалист многофункциональный клиники KindCare в Дубае Кристина Евдошенко: что такое андрогенная алопеция и как ее лечить

Яндекс, А.С. Пушкин, Святой Ленин ведут следствие. Настоящая сенсация! 225 лет А.С. Пушкину.

«Солнечная Азбука» в особом семейном центре «Семь-Я»


Швыдкой заявил, что эффективность новых руководителей театров Москвы оценят через два года

Россия стала единственной страной в мире, которую Иран допустил к своим недрам: РФ вынуждают становится богаче

Яндекс, А.С. Пушкин, Святой Ленин ведут следствие. Настоящая сенсация! 225 лет А.С. Пушкину.

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков


Футбольная сборная России забила Белоруссии 4 безответных мяча

Песков счел текущую ситуацию хуже Карибского кризиса: все трещит по швам

Более 10 тыс. человек со всей России поучаствуют в форуме "Больше, чем бизнес"

Атаки на Гагаузию со стороны официального Кишинева усиливаются


Мирра Андреева впервые вышла в четвертьфинал турнира Большого шлема

«Сейчас даже счёт не помню»: Андреева сенсационно победила Соболенко и вышла в полуфинал «Ролан Гаррос»

Не выиграла ни одного турнира, дала имя покерной комбинации и стала домохозяйкой: как живет Анна Курникова

Соболенко, проигравшая Андреевой, потеряет 2-е место в рейтинге WTA по итогам «Ролан Гаррос», уступив его Гауфф


Владивостокское «Динамо» стало лидером после победы над «Арсеналом-2»

Атаки на Гагаузию со стороны официального Кишинева усиливаются

Песков счел текущую ситуацию хуже Карибского кризиса: все трещит по швам

Экономист Клешко дал советы, как выбрать наиболее подходящий кредит


Музыкальные новости

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

«У него и так всё получится». Филипп Киркоров отказался поддерживать Даву в финале шоу «Сокровища императора»     

Приглашенные солистки выступят в опере «Руслан и Людмила»

Новости и Культура, Дети и Россия: Театр Ульгэр выступил в Этнографическом музее народов Забайкалья в Улан-Удэ


Трихолог, ведущий специалист многофункциональный клиники KindCare в Дубае Кристина Евдошенко: что такое андрогенная алопеция и как ее лечить

Яндекс, А.С. Пушкин, Святой Ленин ведут следствие. Настоящая сенсация! 225 лет А.С. Пушкину.

Юлия Пересильд, московский Театр на Таганке, ММОМА – участники 3-его фестиваля «Территория. Красноярск» раскрывают грани современного искусства

«Солнечная Азбука» в особом семейном центре «Семь-Я»


Путин: РФ готова к переговорам только на условиях, которые уже обсуждались ранее

Сотрудники военных следственных органов Следственного комитета России по всей стране оказывают помощь подшефным детским учреждениям

В Этнографическом музее народов Забайкалья Бурятский театр «Ульгэр» презентовал «Колобок» для юного зрителя - Новости и Культура, Дети и Россия

МегаФон и «Газпром межрегионгаз» обсудили цифровизацию контроля за поставками газа


СберСтрахование и Kaiyi Россия заключили соглашение о стратегическом сотрудничестве для разработки совместных страховых программ

Два человека пострадали в ДТП с автозаком в Москве

Сотрудники Росгвардии пришли на помощь попавшей в ДТП несовершеннолетней девочке в Йошкар-Оле

Расписание движения поездов на МЦД-2 изменится 10 и 11 июня


Песков счёл ошибкой думать, что в отношениях Москвы и Анкары наметились проблемы

Путин: РФ готова к переговорам только на условиях, которые уже обсуждались ранее

Орбан посоветовал "не дергать русских за усы"

Путин: Москва оставляет за собой право поставок вооружения партнерам




Клиники «Будь Здоров» — в лидерах рейтинга лучших клиник 2ГИС

Трихолог, ведущий специалист многофункциональный клиники KindCare в Дубае Кристина Евдошенко: что такое андрогенная алопеция и как ее лечить

Клинический фармаколог «Евроонко» Дарья Камышова выступила на форуме, посвященном антибиотикорезистентности в стационаре

Уникальный интерактивный проект Ставропольской психиатрической больницы на выставке-форуме «Россия»


AFP: Байден объявил о выделении Киеву помощи на 225 млн долларов


Академия Плющенко требует почти два миллиона со сбежавшей от них юной спортсменки

Поражения Шубенкова и Савлукова, осечка Кнороз и двойной триумф Макаренко: чем запомнился «Мемориал Знаменских»

«Столото» подписал соглашение в развитие стратегической поддержки комплекса ГТО и многоборья ГТО

Медийный баскетбол, киберспорт и турнир ММА: Константин Пухов рассказал о мероприятиях Международного центра бокса (Наташа)



Собянин: Инвестпортал Москвы станет основой для всероссийской площадки

Мэр Москвы и глава Башкортостана подписали соглашение в рамках ПМЭФ

Собянин: Завод по производству препаратов из плазмы крови человека появится в РФ

Собянин: Москва — мировой лидер по динамике развития транспортной инфраструктуры


Лесничие и студенты Можайска провели субботник у истока Москвы-реки

На природных территориях Москвы расцветет множество краснокнижных растений

Сервис email-маркетинга DashaMail интегрировал в свою экосистему конструктор виджетов LeadPlan

Акция «Чистый лес» состоялась в округе Шатура


Программа ремонта поликлиник продолжит реализовываться в Подмосковье — Воробьев

Выездной прием администрации прошел в Новых Химках

Футбольная сборная России забила Белоруссии 4 безответных мяча

Подозреваемый в убийстве зампреда «Зова народа» жил в бараке с матерью


Торговые настольные электронные весы CAS PR-15P

Россия, Новости, Культура, Театр, Дети: Радость, которую приносит Госцирк Бурятии

Архангельск стал базовой площадкой для проведения окружного спортивного форума

Терминал сбора данных (ТСД) промышленного класса SAOTRON RT42G


Литературно-краеведческая программа «Не может быть Родина малой, с такою великой душой!»

В районе Симферополя появится крупный жилой микрорайон - ЖК "Республика"

Литературно-краеведческий коллаж «Мир добрых сказок и стихотворений – все это Пушкин, наш великий гений!»

Глава Росавиации рассказал о перспективах открытия аэропорта Краснодара


Фонтан спроса. Российские туристы готовы ездить на реки и озера вместо моря

Более 10 тыс. человек со всей России поучаствуют в форуме "Больше, чем бизнес"

Владивостокское «Динамо» стало лидером после победы над «Арсеналом-2»

Атаки на Гагаузию со стороны официального Кишинева усиливаются














СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *