Мы в Telegram
Добавить новость
smi24.net
World News in Uzbek
Март
2022

Surishtiruv: Putinga oidligi aytilayotgan superyaxta ekipaji FQX xodimlaridan tuzilgan

0
Surishtiruv: Putinga oidligi aytilayotgan superyaxta ekipaji FQX xodimlaridan tuzilgan

Ozodlik radiosi o‘tkazgan surishtiruv Kreml muxoliflari Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tegishli deb da’vo qilib kelayotgan superyaxta haqida yangi tafsilotlarni oshkor qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Putinniki ekani aytiladigan Scheherazade (“Shahrizoda”) yaxtasini boshqargan menejer va unda ishlagan yevropalik ishchilar G‘arb hukumatlari musodara qilgan yoki sanksiya kiritgan rossiyalik magnatlarga tegishli bir nechta boshqa yaxtada ham ishlagan.

Ozodlik radiosi, shuningdek, qiymati 700 million dollarga baholanayotgan Scheherazade yaxtasi ekipajining yuqori martabali rossiyalik a’zosi ilgari Kreml xavfsizlik xizmati bilan millionlab dollar qiymatga ega shartnomalarni imzolagan rus yaxta shirkatida ishlaganini aniqladi.

Surishtiruv 21-mart kuni qamoqdagi rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy jamoasi tomonidan e’lon qilingan Scheherazade ekipaji ro‘yxatiga tayanadi. Ayni damda Italiya rasmiylari yaxta kimga tegishli ekanini aniqlash uchun tergov o‘tkazmoqda.

Italiyada tergov boshlanishi ortidan Toskanadagi Marina-di-Karrara portida langar tashlagan 140 metrlik kema kimga tegishli ekanligiga qiziqish kuchaymoqda. Rossiya o‘tgan oy Ukrainaga bostirib kirgani uchun G‘arb davlatlari Rossiyaga hamda rossiyalik oligarxlarga qarshi misli ko‘rilmagan sanksiyalarni joriy qilmoqda.

Navalniy jamoasi bir nechta ekipaj a’zosi Putin xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan Rossiya Federal qo‘riqlash xizmati (FQX) zobitlari ekanini aniqlangan. Bu esa kema Rossiya prezidentiga aloqador ekani haqidagi taxminlar uchun qo‘shimcha asos bo‘ldi.

Scheherazade bortida ishlagan manba Ozodlikka kema ekipaj uchun ham sir bo‘lib qolganini aytdi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘z ismini oshkor qilmaslik sharti bilan so‘zlagan manbaning aytishicha, yaxtaning nomi va registratsiya qilingan porti bo‘lmagan va “juda g‘ayrioddiy” holatdir. Ekipaj a’zolari kema haqida gapirganda uning nomini emas, balki raqamli kod ishlatgan.

“Bu juda katta sir edi”, – dedi manba.

Oligarxlarning yaxtalari

Scheherazade kemasini 2020-yilda Germaniyaning Lurssen kompaniyasi qurib  bitkazgan. Kema qurilishiga Monakoda joylashgan Imperial Yachts kompaniyasi bosh-qosh bo‘lib turgan. Ayni shirkat Putinning yaqini, Rossiya davlat neft giganti “Rosneft” rahbari Igor Sechin hamda Oq uy “Putinning yaqin ittifoqchisi” deb ta’riflaydigan, asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonovga aloqador hashamatli kemalar qurilishini boshqargan.

Mart oyi boshlarida Fransiya hukumati Sechinga tegishli ekani gumon qilinayotgan Amore Vero kemasini qo‘lga oldi. AQSh esa Usmonovga tegishli Dilbar yaxtasiga qarshi sanksiya kiritdi.

Scheherazade ekipaji ro‘yxatida tilga olingan kamida ikki kishi Imperial Yachts kompaniyasida ishlagan. Ularning biri Yangi Zelandiyada tug‘ilgan duradgor Nikolas Snuks bo‘lib, u Usmonovning yaxtasida ham ishlagan. Snuks ham, ekipajning ikkinchi a’zosi – Imperial Yachts bilan aloqador britaniyalik ayol Esme Leyland ham Navalniy jamoasi tomonidan e’lon qilingan ekipaj ro‘yxatida “qo‘shimcha ishchilar” o‘laroq tilga olingan.

Ozodlik radiosining kema ekipaji a’zolari bilan bog‘lanish urinishlari samara bermadi.

Imperial Yachts vakili Ozodlikka kompaniya Scheherazade kemasini 2020-yilning iyun oyida yetkazib berganidan keyin o‘z ishini tugatganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya yaxta egasi kimligidan xabardor, biroq “sanoatda odatga aylanganidek, mijozning ismini sir saqlash juda muhim sanaladi”.

Kotib kompaniya “matbuotdagi so‘nggi mish-mishlaridan” xabardor ekanini, ammo yaxtaning “[Putinga] aloqasi borligi haqida hech qanday ma’lumoti yo‘qligini” ta’kidladi.

Kemaning britaniyalik kapitani Gay Bennett-Pirs joriy oyda The New York Times gazetasiga bergan intervyusida Putin hech qachon Scheherazadega egalik qilmagani yoki unga qadam qo‘ymaganini aytdi. Kapitan italiyalik tergovchilar kema hujjatlarini tekshirayotganini qo‘shimcha qildi.

Scheherazade kemasining birinchi kapitani – Aleksandr Shcherbakov ismli AQSh fuqarosi Putin hamkorlariga aloqador ekani aytilayotgan hamda G‘arb sanksiyalariga yo‘liqqan boshqa yaxtalarda ham ishlagan. Shcherbakovning LinkedIn tarmog‘idagi profiliga ko‘ra, u Scheherazade qurib bitirilganidan keyin kemani ikki oy davomida boshqargan.

Profilda qayd etilishicha, 2017–19-yillarda Shcherbakov 65 metrli Rahil superyaxtasida kapitan bo‘lib xizmat qilgan. Yaxta esa Putinning azaliy do‘sti, AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan sanksiyaga uchragan Arkadiy Rotenbergning biznes hamkori Grigoriy Bayevskiyga tegishli bo‘lgan.

Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikni o‘rganish markazi (OCCRP) tomonidan 2016-yilda o‘tkazilgan surishtiruv shuni ko‘rsatdiki, Putinning qizi Yekaterina Tixonova o‘zining rasmiy qarorgohi o‘laroq Moskva tashqarisida joylashgan va Bayevskiyga tegishli kvartirani ko‘rsatgan.

Sherbakovning LinkedIn profiliga ko‘ra, u 2014-yilning yozida Kremlga aloqador magnat Yevgeniy Prigojinga tegishli St. Vitamin yaxtasida ishlagan. 2019-yilda AQSh St. Vitamin va Prigojinga tegishli boshqa aktivlarga qarshi sanksiya joriy qilgan.

Yaxta g‘aznachisi

Navalniy jamoasi e’lon qilgan ekipaj ro‘yxatida FQX bilan millionlab dollarlik davlat shartnomalarini imzolagan taniqli rus yaxtasozlik kompaniyasi ham tilga olingan. Navalniy jamoasiga ko‘ra, Scheherazade ekipaji a’zolari orasida FQXning amaldagi xodimlari bor.

Viktoriya Kulikova Scheherazade kemasining g‘aznachisi o‘laroq ko‘rsatilgan. Kema g‘aznachisi kema faoliyatining turli jihatlari, jumladan, moliyaviy operatsiyalari uchun mas’ul shaxsdir. Ayni ismli va yoshdagi ayol nomiga Facebook tarmog‘ida ochilgan hisobda profil egasi Burevestnik Group xoldingida ishlashi ko‘rsatilgan. 2017-yilda Kulikova Burevestnik kompaniyasining savdo menejeri sifatida ro‘yxatga olingan.

Burevestnik kompaniyasiga 2003-yilda taniqli rossiyalik tadbirkor Andrey Boyko asos solgan bo‘lib, Burevestnik Rossiya yaxtachilik sanoatida eng taniqli kompaniya hisoblanadi. Boyko 2009-yilda kontrabanda ayblovi bilan hibsga olingan ammo pirovardida oqlangan. O‘shandan beri uning kompaniyasi mo‘may daromad olib keladigan davlat loyihalarida ishtirok etib keladi.

2018-yilda Rossiyaning “Sovcomflot” davlat kemasozlik kompaniyasi Burevestnikka Rossiya janubidagi Sochi kurort shahrida 2014-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlari uchun qurilgan Sochi Grand Marina yaxta gavanini  boshqarish huquqini bergan.

Ozodlik radiosi rus xizmati davlat tenderlarini ko‘rib chiqib, 2008–12-yillar oralig‘ida Boykoning Burevestnik Group savdo belgisiga egalik qiluvchi AG Marin kompaniyasi FQXga umumiy qiymati 507,6 million rublga (o‘sha davrdagi o‘rtacha kurs bo‘yicha 17,2 million dollar) teng bo‘lgan patrul qayiqlari va tegishli materiallarni yetkazib berish bo‘yicha jami 38 ta shartnomani qo‘lga kiritganini aniqladi.

Kulikova Scheherazade uchun ishlagani haqidagi savollarga javob bermadi. Burevestnik Group xoldingida go‘shakni ko‘targan shaxs Kulikova boshqa u yerda ishlamasligini aytdi.

Na Burevestnik, na FQX Scheherazade bilan aloqasi bor yoki yo‘qligi haqidagi so‘rovlarga javob bermadi.

22-mart kuni Britaniyaning The Sun gazetasida Scheherazade kemasining ichida olingani aytilayotgan suratlar chop etildi. Ularda yaxtaning chayqalishiga qarab, avtomatik tarzda sathi tekislanuvchi billiard stoli, palubada joylashgan jakuzi hamda ramkaga solingan dzyudo formasi tasvirlarini ko‘rish mumkin. Shu o‘rinda aytish joizki, dzyudo Putinning sevimli sportidir.

Navalniy jamoasi e’lon qilgan hujjatlarga ko‘ra, yaxta qog‘ozda Marshall orollarida ro‘yxatdan o‘tgan Bielor Asset Ltd. anonim kompaniyasiga tegishlidir.

Imperial Yachts matbuot kotibi Ozodlikka shirkatning na Bielor, na FQX bilan hech qanday biznes aloqasi yo‘qligini aytdi.







Дивный новый мир цифровизации: в Москве пройдет Форум «Время цифры»

Доктор Кутушов назвал болезни, которые поджидают отдыхающих у водоёмов

Стоматолог Владимир Лосев: сколько времени нужно носить брекеты

Книжные новинки, лаборатория текста и иллюстраций — ждут гостей Московского детского фестиваля искусств «НЕБО»


ONYX отправляется в Большой тур по России

Раскрыт секрет, как и где отдохнуть в России летом за 11 тыс. рублей

Бесплатные ежедневные тренировки от сети фитнес-клубов Spirit. Fitness в парке Горького/Музеон

VK Fest 2024: Музыка и Развлечения на Открытых Площадках России


When Narine asked Gambhir 'can I bring my girlfriend to IPL?'

Inside the mad Fenerbahce world Jose Mourinho is entering with rioting fans, players walking off and notorious hooligans

Fentanyl distribution indictment follows Westminster traffic stop

Where to find Real Madrid vs Dortmund on US TV: June 1, 2024


Лучший HR-бренд – «Грузовичкоф»

С 1 июня изменится схема движения на участке трассы Р-280 Новороссия в Ростовской области

Удаленная настройка охранных комплексов StarLine

Книжные новинки, лаборатория текста и иллюстраций — ждут гостей Московского детского фестиваля искусств «НЕБО»


Supercell выпустил игру Squad Busters на смартфоны

Конец близок в релизном трейлере Destiny 2: The Final Shape

Началась предрегистрация на Command & Conquer: Legions — релиз в конце 2024 года

Четвёртое дополнение Age of Wonders 4: Eldritch Realms завершит первый цикл поддержки игры



Преступления мигрантов с рынков азербайджанского олигарха Года Нисанова продолжают шокировать Москву

Дивный новый мир цифровизации: в Москве пройдет Форум «Время цифры»

Улыбка сделала слушателя «Юмор FM» миллионером

Eurasianet: Азербайджан публично и цинично уничтожает армянское культурное и историческое наследие в Нагорном Карабахе


Депутат Свищев: У меня нет информации о переносе Игр дружбы

«СВЯТОЙ ЛЕНИН» спасает население от борьбы с перенаселением, 5 серия, СЕРЬЁЗНЫЙ НОВОСТНОЙ СЕРИАЛ.

Чтобы видеть: оплаченные пациентами мыши с болезнью Штаргардта прибыли в Москву

Семья актрисы Анастасии Заворотнюк запретила фотографировать ее гроб


Сегодня похоронили актрису Анастасию Заворотнюк, которая много лет боролась с раком

Муж Заворотнюк дал волю эмоциям на прощании с актрисой

Движение по Мартеновской улице на востоке Москвы восстановили после пожара

Худой и измученный: Петр Чернышев еле стоял у гроба Анастасии Заворотнюк


Теннисистка Петрова: Хачанов совершил недопустимую ошибку на "Ролан Гаррос"

Прямая трансляция матча Елены Рыбакиной против экс-первой ракетки мира на «Ролан Гаррос»

Итальянская забастовка: Рублёв, Котов и Самсонова вылетели с «Ролан Гаррос», Потапова обыграла Ван Синьюй

Парижские сюжеты: Медведев играл в кошки-мышки, Котов творил историю, Калинская заставляла нервничать Синнера


Иностранные журналисты примут участие в проекте SputnikPro Мир

МК: американские стоматологи назвали неоднозначные продукты, от которых портятся зубы

Движение по Мартеновской улице на востоке Москвы восстановили после пожара

В Москве наградили лауреатов конкурса детского рисунка «Наследие моего района»


Музыкальные новости

Трансляцию концерта джазового оркестра Бутмана посмотрели 50 млн китайцев

Фотовыставка «Древнейшие пирамиды мира» пройдёт в Крыму

Аномалия как у МакSим. Младенец с шестью пальцами попал в больницу

Маликов – до 75 тысяч, Бутусов – бесплатно: цены на концерты звезд в дни экономического форума в Петербурге


Дивный новый мир цифровизации: в Москве пройдет Форум «Время цифры»

Преступления мигрантов с рынков азербайджанского олигарха Года Нисанова продолжают шокировать Москву

Улыбка сделала слушателя «Юмор FM» миллионером

Eurasianet: Азербайджан публично и цинично уничтожает армянское культурное и историческое наследие в Нагорном Карабахе


Политолог Мезюхо: в США Байдена должны были судить наравне с Трампом

Уссурийский ЛРЗ расширяет форматы промышленных экскурсий на предприятие

Команда Центрального округа Росгвардии стала призером на чемпионате по пожарно-спасательному спорту в Москве (видео)

В Подмосковье сотрудники Росгвардии задержали подозреваемого в краже товаров из магазина


Юрист рассказал, как добиться компенсации за потопленный в дождь автомобиль

На МКАД в Москве частично пекрыли движение из-за массовой аварии

Дептранс: на закрытом участке метро Москвы работали 20 бесплатных автобусов

Движение поездов в Амурской области восстановлено по одному пути


Лучшие фото за май // Запоминающиеся кадры месяца

Лучшие фото недели // Запоминающиеся кадры 27–31 мая

Руководство Краснодара посетило китайский Харбин. Рассказываем подробности

Путин провел совещание с членами Совета безопасности России




Первые звоночки и последствия: как живут и умирают люди с опухолью головного мозга

Росгвардейцы из Москвы приняли участие в безвозмездной сдаче донорской крови

С днем защиты детей росгвардейцы поздравили юных пациентов детской больницы в Москве

Международный день защиты детей: дети с ревматическими болезнями


Зеленский: после «заморозки» конфликт опять вспыхнет

НАТО оказалась не готова к войне с Россией. Тайное соглашение США и Киева: Враг нацелился на Белгород - источники


Певица Пелагея разделила имущество с бывшим мужем

Дептранс Москвы раскрыл детали инцидента на станции метро "Спортивная"

Муж Заворотнюк дал волю эмоциям на прощании с актрисой

Спортсмены из Химок выиграли Первенство Подмосковья по автокроссу


БЕЛТА: Лукашенко и Путин обсудили представительство России на параде в Минске

Путин и Лукашенко обсудили по телефону предстоящий саммит ШОС

Путин и Лукашенко обсудили парад в Минске


Собянин: Более трех миллионов человек посетили фестиваль «Москва на волне. Рыбная неделя»

Собянин посетил фестиваль "Москва – на волне. Рыбная неделя"

Собянин: 1 июня начнется фестиваль «Лето в Москве. Все на улицу!»

Сергей Собянин поздравил москвичей с Международным днем защиты детей


Очень дорого: во сколько обходится владение электромобилем в крупных городах

Портал «Малый бизнес Москвы» насчитывает более 200 тыс пользователей

«Восход», Тинькофф Банк и Альфа объявили о совместном pre-IPO фонде в секторе tech на 4 млрд рублей

Жителям Подмосковья рассказали о лесопожарной обстановке в регионе на 1–3 июня


Худой и измученный: Петр Чернышев еле стоял у гроба Анастасии Заворотнюк

В России могут появиться мобильные убежища для защиты от всех видов оружия

Иностранные журналисты примут участие в проекте SputnikPro Мир

В Москве наградили лауреатов конкурса детского рисунка «Наследие моего района»


В филиале фонда «Защитники Отечества» в Архангельской области подвели итоги первого года работы

В Архангельске с рабочим визитом побывал «арктический» министр

XXXIII Церемония «Хрустальная Турандот» объявит победителей сезона 2023/2024

ТСД промышленного класса Saotron RT-T60


Литературно-музыкальный вечер «Песня как признание в любви»

Банки начали выдавать ипотеку на жилье в Крыму

ВТБ начал выдавать ипотеку на жилье в Крыму

Портативный сканер штрих-кодов Heroje H133U на базе CMOS-матрицы


Юрист рассказал, как добиться компенсации за потопленный в дождь автомобиль

Муж Заворотнюк дал волю эмоциям на прощании с актрисой

Захарян прилетел в Москву, чтобы присоединиться к сборной России

Движение по Мартеновской улице на востоке Москвы восстановили после пожара














СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *