Мы в Telegram
Добавить новость
smi24.net
World News in Uzbek
Август
2022

Voyaga yetmaganlarni zo‘rlaganlarga jazoni kuchaytirish talab qilinmoqda

0
Voyaga yetmaganlarni zo‘rlaganlarga jazoni kuchaytirish talab qilinmoqda

Toshkentda 14 yashar o‘quvchi qiz bilan jinsiy aloqa qilishda ayblangan 3 erkakning muddatidan avval shartli ravishda ozodlikka chiqqani virtual bahslarni qo‘zg‘adi.

O‘quvchi qizning oilasi, aybdorlarga yengil jazo berilgani va uni ham to‘liq o‘tamasdan ozod etilganidan norozi. Mutaxassislar esa, voyaga yetmagan bolalarni jinsiy munosabatga zo‘rlash uchun belgilangan jazo qonunchiligi chala va o‘ta yengil, deb tanqid qilmoqda.

So‘nggi yillarda, maktab yoshidagi qizlarning jinsiy zo‘rlanishiga oid qator holatlarda aybdorlarga berilayotgan yengil jazo noroziliklarga sabab bo‘lmoqda. Bu bahslarga prezident qizi Saida Mirziyoyeva ham qo‘shildi. O‘zbekiston Bola ombudsmani Aliya Yunusova esa bu masalada Senatga murojaat qilganini bildirdi.

Uch "zo‘ravon" ozodlikda

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tuman sudi o‘tgan yilning 11-noyabrida 15 yoshli qizni zo‘rlashda ayblagan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi A. X. va uning sheriklari B. G., va M. M. hukmdan yarim yil o‘tib, shartli ravishda ozodlikka chiqarildi.

O‘quvchi qiz va uning oilasi murojaatlarini yoritib kelayotgan Nemolchi.uz loyihasi faollariga ko‘ra, ozod etilgan erkaklardan biri poytaxtdagi tibbiyot markazlaridan birida - yana yosh bolalar bilan ishini davom ettirmoqda.

O‘quvchi qizni zo‘rlash voqeasi 2021-yilning 27-aprelida sodir bo‘lgan. Toshkentdagi maktablardan birida jismoniy tarbiyadan dars bergan 31 yashar o‘qituvchi, ikki sherigi bilan birga, o‘sha kezda 14 yashar bo‘lgan o‘quvchi qizni ijara uyga olib borish va u yerda u qiz bilan jinsiy aloqa qilishda ayblangan.

Toshkent shahar sudlari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘qituvchi A. X. Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 2-qismi “a” bandida aybdor topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Uning sheriklari B. G. va M. M. esa Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, har biri 2 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Sud jarayonini kuzatib borgan Nemolchi.uz loyihasining bildirishicha, qizning oilasi hukmdan norozi, Oliy sudga qadar chiqqan, ammo hukm o‘zgarishsiz qoldirilgan.

O‘quvchi qizning oilasi bu shaxslarga aslida Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) bo‘yicha jazo berilishi - 7 yildan 10 yilgacha qamalishini talab qilayotgandi.

Ammo, oilaning talabi qondirilmadi. Aksincha, o‘quvchi qiz bilan guruhlashib jinsiy aloqa qilgan 3 erkak ozodlikka chiqarildi.

Nemolchi.uz tahririyati Bosh prokuraturadan olgan rasmiy javobga ko‘ra, mahkumlarga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 74-moddasi qo‘llangan va ular jazoning qolgan qismini ahloqni tuzatish hamda ish haqining 20 foizini davlatga o‘tkazish sharti bilan qamoqdan ozod qilingan.

O‘tgan yili 13 yashar qizini bir guruh erkak zo‘rlaganini da’vo qilayotgan andijonlik Dilshoda Ergasheva ham 4 aybdor qamoq jazosidan qutulib qolganidan norozi.

Ona, bu yigitlar ham O‘zbekiston JKning 128-moddasi asosida 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilishda ayblangani va yengil jazo bilan 1 yarim oyda ozodlikka chiqqanini aytmoqda:

"Bu mahluqlarga faqatgina 4 oy jazo berildi. Ammo ular bir yarim oyda chiqishdi... Hattoki Ombudsman ham qo‘limdagi dalil va isbotlarimni ko‘rib, o‘z telegram rasmiy kanallariga joylashtirdi. Bizni himoya qilib sudga ham bir necha bor tavsiya xatlari kirgizdi. Ammo sudyalar yanada u yigitlar tarafida turishdi. O‘zbekistonda qonun qachon ishlaydi? Voyaga yetmagan qizchalarning hayotini kim o‘ylaydi? Qachongacha jinoyatchilarning tarafini tutishadi?”

Zo‘ravonga yengil jazo amaliyoti

Ozodlikka ma’lum bo‘lgan qator holatlarda, O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarni, ayniqsa qizlarni jinsiy aloqaga tovlagan yoki zo‘rlagan shaxslarga nisbatan, odatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 128-moddasi qo‘llanmoqda.

128-modda. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish

“Shaxsning o‘n olti yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish — to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali sodir etilgan bo‘lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

b) ilgari ushbu Kodeksning 118 yoki 119-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —

besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.

Aksar hollarda 16 yoshga to‘lmagan bolalar, go‘yoki “o‘z xohishi bilan bilan jinsiy aloqaga rozi bo‘lgan” degan vajga asoslangan holda, sudyalarning ayblanuvchilarga 128-moddaning 1-qismi bilan jazo tayinlashi kuzatilmoqda.

Ya’ni, aksar hollarda jinoyatchilarga, jarima va shartli jazo berilmoqda, ular qamoqqa tushmayotir.

Vaholanki, voyaga yetmagan bolalarning qonuniy vakillari - ya’ni, oilasi va huquqiy himoyachilari bunday jazodan keskin norozi hamda jamoatchilik ham bu norozlikni quvvatlamoqda.

“O‘zbekiston qonunchiligi bu kabi jinoyatlarni sodir etgan shaxslar tarafini tutadi. Ko‘rib turibmizki, jinoyatchilarning belgilangan minimal muddatlarni ham qamoqda o‘tashi shart emas. O‘zbekiston qonunlari ularga muddatidan avval shartli ravishda ozodlikka chiqish imkonini beradi va keyinchalik ham bolalar bilan ishlashni taqiqlamaydi. Qonunchilar va deputatlar bunday qonunlarni o‘zgartiradi va bolalarimizni himoya qiladi, deb umid qilamiz”, deb yozadi jumladan Nemolchi.uz tahririyati.

Bu muammo va aynan toshkentlik o‘quvchi qizni zo‘rlagan shaxslarning ozod etilganiga, o‘zini jabrdiyda xotin-qizlar himoyachisi qilib ko‘rsatib kelayotgan Saida Mirziyoyeva - prezidentning katta qizi ham munosabat bildirdi.

Mirziyoyeva ham bunday jinoyatchilarga jazoni kuchaytirishni so‘radi:

“Bizning voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilishga doir qonunchiligimiz bolalardan ko‘ra ko‘proq jinoyatchilar haqida qayg‘uradi va mening fikrimcha, bu adolatsizlikni zudlik bilan tuzatish zarur. Jinoyat kodeksining 128 va 129-moddalari bolalar va o‘smirlarni himoya qilish sohasidagi xalqaro standartlarga javob bermaydi”.

Jinsiy tajovuz uchun jazo

Aslida, sud jarayonida isbotini topsa, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun O‘zbekistonda 20 yilgacha jazo belgilangan:

118-modda. Nomusga tegish

“Nomusga tegish, ya’ni zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish — uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Nomusga tegish:

a) ikki yoki bir necha shaxsga nisbatan;

b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud ilgari ushbu Kodeksning 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;

v) bir guruh shaxslar tomonidan;

g) o‘ldirish bilan qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa, — yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Nomusga tegish:

a) shaxsning o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda;

b) yaqin qarindoshga nisbatan;

v) ommaviy tartibsizliklar qatnashchisi tomonidan;

g) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;

d) og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa, — o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsning nomusiga tegish — o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.

O‘zbekistonlik huquqshunoslarga ko‘ra, aksar hollarda voyaga yetmagan bolalarni jinsiy aloqaga tovlagan yoki zo‘rlagan shaxslarga nisbatan 118-modda emas, balki 128 yoki 129-moddalarning qo‘llanishi - bunday jinoyat ishlarining noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishidan kelib chiqadi va odatan, bunda tanlov mutlaq sudyaning ixtiyorida qoladi.

O‘zbekiston Bola ombudsmani Aliya Yunusovga ko‘ra, o‘z idorasiga voyaga yetmagan bolalarga nisbatan jinsiy tahqir yoki zo‘rlik qo‘llanganiga oid qator murojaatlar kelib tushgan va aksar hollarda, jinoyat ishi noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilingani kuzatilgan.

“Bunaqa jinoyatlarga jazo qattiq bo‘lishi kerak. Boshqa davlatlarda bunday jinoyat uchun umrbod qamoq jazosi ham qo‘llanadi. Biz ham jazoni kuchaytirish kerak, degan taklifni berganmiz. Jinoyat kodeksining shunday holatlarda qo‘llanadigan 128, 129-moddalariga o‘zgartirish kiritish, sanksiyani kuchaytirish to‘g‘risida. Chunki, bizga bir necha murojaatlar bo‘lgan, ular orasida 6 yashar bola ham bor, 9 yashar o‘g‘il bola ham bor”, dedi ombudsman.

Shuningdek, Bola ombudsmaniga ko‘ra, mamlakatda zo‘ravonlik holatlari aslida ko‘p bo‘lishi mumkin, chunki o‘zbek qizlari va oilalari andisha qilib, uyalib ko‘p holda zo‘ravonliklarni boshqalarga aytolmaydi.

Yangi loyiha ishlanmoqda

Bola ombudsmani Aliya Yunusovaga ko‘ra, qonunchilikni o‘zgartirish va aynan voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqa uchun jazo choralarini keskin kuchaytirish zarur, ayni paytda buning uchun maxsus ishchi guruh ishlamoqda:

“Men bu haqda yaqinda bo‘lib o‘tgan Senat qo‘mitasining yig‘ilishida ham jazoni kuchaytirish borasida o‘z takliflarimni bildirdim. Hozirda ishchi guruh ishlamoqda, qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Voyaga yetmagan bolalarga nisbatan bunday jinoyatlarga nisbatan jazoni kuchaytirish zarur deb hisoblayman. Yaqin orada qonunchilikka o‘zgartirish kiritiladi, ammo buning ham o‘z tartibi bor, o‘zingiz bilasiz. Biz bu o‘zgartirishlar tez orada amalga oshirilishida ishonchimiz komil, chunki bolalarga nisbatan g‘ayriinsoniy munosabatlarni qilishga hech kimning haqqi yo‘q”.

Hozircha, ombudsman o‘zi tilga olgan qonun loyihasi qachon qabul qilinishi haqida aniq ma’lumot bermadi. Bu haqda boshqa rasmiy idoralardan ham ma’lumot yo‘q.

Pedofiliya uchun jazo belgilanishi kerak

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, O‘zbekiston qonunchiligiga voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik, ya’ni pedofiliya atamasini kiritish, bu terminning huquqiy aniqlamasi hamda jazosini ham aniq-tiniq belgilab qo‘yish zarur.

“Xorij davlatlarida bunday jinoyatlar, ya’ni pedofiliya va bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik bilan boshqa turdagi jinoyatlar alohida ajratilgan, jazo choralari kuchaytirilgan. Lekin, O‘zbekistonda allaqachon vaziyat yetilgan, faollar pedofiliya jinoyatlarini alohida turkumlashtirish va ularga nisbatan chorani kuchaytirishni so‘rab kelmoqda. Afsuski, bunga bizda shoshilishayotgani yo‘q. Vaholanki, bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonliklar ko‘p uchraydi. O‘tgan yillarda “Mehribonlik uylari”dagi bolalarni zo‘rlash holatlariga guvoh bo‘ldik. Lekin, shunga qaramay parlamentimiz jazoni kuchaytirishga oid normalarni ishlab chiqishga shoshilayotgani yo‘q”.

Statistika

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab, 15 va 49 yoshlar orasidagi xotin-qizlarning 25 foizidan ko‘prog‘i hayoti davomida jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duch keladi. Bunday zo‘ravonliklarning 33 foizi Janubi-sharqiy Osiyo hududiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston aholisining yarmiga yaqinini xotin-qizlar tashkil qiladi va jinsiy zo‘ravonlik doim dolzarb muammo bo‘lib kelgan. Ammo, xotin-qizlar uyat-nomus qilib yoki jamiyat bosimidan qo‘rqib, bu haqda ochiq gapirmaydi.

Jumladan, Nemolchi.uz - O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi kampaniya yuritayotgan loyihalardan biri. Ayni paytda, bu loyiha faollari zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarning murojaatlarini yig‘moqda. Dardini ochiq aytolmagan jabrdiydalardan o‘nlab hikoyalar yig‘ildi va faollar ularni ijtimoiy tarmoqlarda anonim shaklda e’lon qilib kelmoqda.

O‘zbekistonda ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha aniq rasmiy statistika ham kuzatilmaydi.

2021-yilda e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda zo‘ravonlikka uchraganidan shikoyat qilgan 36 mingga yaqin ayol himoya orderi olgan.

O‘tgan yilning 25-noyabrdan “Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi o‘tkazildi. Aksiya har yili, 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kunidan 10-dekabr – Inson huquqlari kunigacha davom etishi aytilgan.

Bundan tashqari, Senat raisi Tanzila Norboyeva va prezidentning qizi Saida Mirziyoyeva ham bu masalada muttasil chiqish qiladi.

Ammo, huquqshunoslar, jamoatchilik faollari va zo‘rlangan qizaloqlarning oilalari, populistik chiqishlardan aniq qadamlarga o‘tish - ya’ni, pedofiliya va jinsiy zo‘ravonlik uchun qonunchilikda aniq-tiniq jazo belgilash va mavjud jazo turlarini kuchaytirishni talab qilmoqda.







США и Европа "подготавливают" Россию и Ближний Восток для переселений?!

Профилактический рейд по противопожарной безопасности прошел сегодня в Ленинском округе

Ежегодная церемония вручения Всероссийской премии Евгения Зубова прошла в библиотеке Видного

В Подмосковье сотрудники Росгвардии спасли пожилого мужчину, который оказался один дома и плохо себя почувствовал


Турецкие отели в шоке после банкротства крупнейшего туроператора: все оказались в долгах, как работать летом — непонятно

Производители кроссовок New Balance и Under Armour подали около 1000 исков к российским продавцам

Жители Барнаула помогут сделать родной город чище

С чем носить юбку этим летом: примеры стильных образов


Four-time Man Utd trophy winner, 37, looks unrecognisable as he heads to training with dramatic new look

Andy Murray cracks brutal joke as Brit star’s Wimbledon preparations are disrupted by bizarre injury 

Big 12 commissioner Brett Yormark addresses Arizona Board of Regents, asks for continued investment in athletics

Watch awkward moment baffled French Open teen is ‘teleported’ into Eurosport studio for live TV interview


В этом году планируют заключить контракт на реконструкцию еще одного участка трассы Р-23 в Ленобласти

Портативный ТСД корпоративного класса Saotron RT-T70

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: С начала года более 4,7 тысячи жителей Московского региона оформили страховую пенсию в автоматическом режиме на портале госуслуг

Трасса М-12 Восток будет продлена до Тюмени в 2025 году


Показ геймплея тактики SteamWorld Heist II

How to watch the 2024 PC Gaming Show: our 10th annual summer showcase

Concord is skipping free-to-play and pulling a Helldivers 2 instead: $40 for the full game with all 16 heroes at launch

Мафия-НН: Все в сборе, правила с тревогой выслушаны, роли прочитаны, и сразу же в бой!



Юлия Пересильд, московский Театр на Таганке, ММОМА – участники 3-его фестиваля «Территория. Красноярск» раскрывают грани современного искусства

США и Европа "подготавливают" Россию и Ближний Восток для переселений?!

Подросток случайно убил пристававшего к нему незнакомца в центре Москвы

США и Европа "подготавливают" Россию и Ближний Восток для переселений?!


«Я подумаю об этом завтра»: как бороться с ленью и прокрастинацией

С 10 по 28 июня изменится расписание на Ленинградском и Казанском направлениях МЦД-3

Ежегодная церемония вручения Всероссийской премии Евгения Зубова прошла в библиотеке Видного

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: С начала года более 4,7 тысячи жителей Московского региона оформили страховую пенсию в автоматическом режиме на портале госуслуг


«Я ходила к нему от умирающего отца». Как Тарасова согласилась взять к себе будущего олимпийского чемпиона

В отеле The Carlton Moscow прошел Ежегодный Благотворительный вечер Dance Club Awards

Собянин поздравил столичных соцработников с праздником

Два москвича пострадали в аварии на юге Ставрополя


Янник Синнер высказался о первом месте в рейтинге ATP и травме Новака Джоковича

Теннисистка Андреева заявила, что хочет войти в топ-20 рейтинга WTA ради собаки

Андреева рассказала о своих планах на предстоящий матч с Соболенко во Франции

Зверев сыграет с Алькарасом в финале "Ролан Гаррос"


Мурашко: пятеро пострадавших в «Крокусе» по-прежнему в больницах

Зарплаты в Финляндии, убытки финских шинопроизводителей и как Финляндия выкачивала деньги из СССР

Собянин поздравил столичных соцработников с праздником

«Я ходила к нему от умирающего отца». Как Тарасова согласилась взять к себе будущего олимпийского чемпиона


Музыкальные новости

Баста, гастрошоу, блогеры и развлечения: самый полный гид по VK Fest 2024 в Красноярске

Певица Агузарова станет специальным гостем премии МУЗ-ТВ

Apocalyptica выложили кавер на Metallica «The Call Of Ktulu» на виолончелях

Валерий Гергиев высказался в защиту западной культуры


В Оренбурге вручили Всероссийскую литературную Пушкинскую премию «Капитанская дочка – 2024»

Подросток случайно убил пристававшего к нему незнакомца в центре Москвы

Интерактив в помощь. «Учитель года Москвы» Морозова — об инновациях

США и Европа "подготавливают" Россию и Ближний Восток для переселений?!


Чемпионат России по мотоболу прошел в Видном

Красногорский филиал Музея Победы подготовил специальную программу ко Дню России

Concord is skipping free-to-play and pulling a Helldivers 2 instead: $40 for the full game with all 16 heroes at launch

Определят победителя на конкурсе театральных коллективов школ в УЛАН-УДЭ нс конкурсе детей Алтан Баг - Театр, Новости и Культура, Дети, Россия


Асфальтирование площадок услуги в Петербурге

СберСтрахование и Kaiyi Россия заключили соглашение о стратегическом сотрудничестве для разработки совместных страховых программ

Дорожные работы услуги в Санкт-Петербурге

Асфальтирование дворов услуги в Петербурге


Путин: РФ готова к переговорам только на условиях, которые уже обсуждались ранее

Путин: Москва оставляет за собой право поставок вооружения партнерам

Путин пригрозил оружием Западу, Киев закрыл поездки по Европе, США ввели санкции против Грузии – большие итоги недели от РИА «Новый День»

Песков счёл ошибкой думать, что в отношениях Москвы и Анкары наметились проблемы




Уникальный интерактивный проект Ставропольской психиатрической больницы на выставке-форуме «Россия»

Клинический фармаколог «Евроонко» Дарья Камышова выступила на форуме, посвященном антибиотикорезистентности в стационаре

Трихолог, ведущий специалист многофункциональный клиники KindCare в Дубае Кристина Евдошенко: что такое андрогенная алопеция и как ее лечить

Аллерголог Зайцева рассказала, как проявляется аллергия на солнечный свет


AFP: Байден объявил о выделении Киеву помощи на 225 млн долларов


Футбольная сборная России забила Белоруссии 4 безответных мяча

Мастер-классы по созданию крафтовых украшений проходят в центре Москвы

Уверенная победа россиян на турнире ONE FRIDAY FIGHTS 66

В Швейцарии завершился чемпионат Европы по спортивной и фитнес-аэробике



Собянин: Завод по производству препаратов из плазмы крови человека появится в РФ

Собянин поздравил всех социальных работников с профессиональным праздником

Мэр Москвы и глава Башкортостана подписали соглашение в рамках ПМЭФ

Собянин: Москва — мировой лидер по динамике развития транспортной инфраструктуры


На природных территориях Москвы расцветет множество краснокнижных растений

Сервис email-маркетинга DashaMail интегрировал в свою экосистему конструктор виджетов LeadPlan

В Тольятти будут производить суверенные ветроэнергетические установки

Лесничие и студенты Можайска провели субботник у истока Москвы-реки


Дорожное строительство цены

Жизнь мечты

В отеле The Carlton Moscow прошел Ежегодный Благотворительный вечер Dance Club Awards

Два москвича пострадали в аварии на юге Ставрополя


Терминал сбора данных (ТСД) промышленного класса SAOTRON RT42G

Россия, Новости, Культура, Театр, Дети: Радость, которую приносит Госцирк Бурятии

Торговые настольные электронные весы CAS PR-15P

Архангельск стал базовой площадкой для проведения окружного спортивного форума


Глава Росавиации рассказал о перспективах открытия аэропорта Краснодара

Глава Росавиации: возобновление работы закрытых с начала СВО аэропортов пока не ожидается

Литературно-краеведческий коллаж «Мир добрых сказок и стихотворений – все это Пушкин, наш великий гений!»

В районе Симферополя появится крупный жилой микрорайон - ЖК "Республика"


Видеофантазия: Город 312 - Останусь Ремикс

Дорожное строительство цены

«Лето в Москве»: в столице пройдет почти 100-дневный танцевальный марафон

Мурашко: пятеро пострадавших в «Крокусе» по-прежнему в больницах














СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *