Мы в Telegram
Добавить новость
smi24.net
World News in Uzbek
Июнь
2023

Qum bo‘roni va daraxtlar qironi. Hukumatning aniq rejasi bormi?

0
Qum bo‘roni va daraxtlar qironi. Hukumatning aniq rejasi bormi?

19-iyun kuni O‘zbekistonning 3 viloyati va poytaxtida chang hamda qum bo‘ronlari kuzatildi. Havo harorati ham ayrim hududlarda 42-44 darajaga ko‘tarildi.

Energetika vazirligiga ko‘ra, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida qariyb 40 ming xonadon elektr tarmog‘idan uzilgan.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bahor va yoz oylarida kuchli chang-qum bo‘ronlari kuzatilmoqda.

Ekspertlarga ko‘ra, havo haroratining global isishi oqibatida O‘zbekistonda cho‘llashish va qurg‘oqchilik favqulodda kuchaygan.

Shunday pallada, mamlakatda yashil hududlarning yo‘q qilinib, daraxtlarning kesilishi va shaharlarda beton-asfalt qoplangan maydonlarning ko‘paytirilishi ahvolni yanada og‘irlashtirmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlari, shuningdek Samarqand viloyatining ayrim hududlarida kuchli qum bo‘roni 19-iyun kechki soatlarda boshlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan ko‘rinishicha, avvaliga kuchli shamol boshlangan va qisqa fursatda chang, qum bo‘ronlariga ulanib ketgan. Bir necha soat ichida bu qum bo‘roni Toshkent shahriga ham yetib keldi.

Tarmoq foydalanuvchilari tashqarida nafas olish qiyinlashgani, ayrim hududlarda jamoat transporti qatnovi uzilganidan shikoyat qilishdi.

 

Energetika vazirligi bergan bayonotga ko‘ra, 19-iyun kuni qum bo‘roni ko‘tarilgan 3 viloyatda hududlarda xonadonlar xavfsizlik maqsadida elektr ta’minotidan uzilgan:

Buxoro viloyatining Shofirkon, Peshko‘ va G‘ijduvon tumanlarida 6 mingta,

Navoiy viloyatining Nurota, Navbahor, Konimex va Karmana tumanlarida 23 560 ta,

Samarqand viloyatining Paxtachi va Qo‘shrabot tumanlarida ham 9 mingta xonadonga elektr energiyasi yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgan.

O‘zbekiston gidrometeorologiya markazi matbuot kotibi Munisa Asilxo‘jayevaning Ozodlikka aytishicha, chang-to‘zon ko‘tarilishi haqida aholi avvaldan ogohlantirilgan:

“Toshkent shahrida havoda chang miqdori normadan juda katta oshmagan. Lekin, boshqa hududlarda oshgani bo‘yicha PM 2,5 - PM 10 ko‘rsatkichlarini o‘lchaydigan avtomatik stansiyalarimiz yo‘q. Chang bo‘ronlari Navoiy viloyatida qattiq bo‘ldi”.

Xalqaro me’yorlarga ko‘ra, PM10 - diametri 10 mikrondan kichik bo‘lgan chang zarralari (≤ PM10) , PM2,5 esa diametri 2,5 mikrondan kichik bo‘lgan zarralarni (≤ PM2,5) anglatadi.

O‘zgidromet ilk bor shov-shuv bo‘lgan 2021-yilning noyabr oyidagi qum bo‘ronlarini shunday izohlagan edi:

“Shamol kuchayishining oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tariladi va respublikaning bir qator tumanlarida ko‘ruvchanlik 500-1000 metrgacha pasayib, chang-qumli g‘ubor holatini keltirib chiqardi. Atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan miqdorlardan 5 barobarga oshdi”.

O‘shanda O‘zgidromet buni mamlakatda 150 yil ichida ilk bor kuzatilgan hodisa, deb qayd etgan.

2021-yildan buyon qum bo‘ronlari O‘zbekistonda tez-tez kuzatilmoqda. Bahor va yoz oylarida ulkan chang bulutlari yopirilayotgan qishloqlar, bo‘rondan yo‘llardagi tirband va noqulay qatnovlar aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarni to‘ldirmoqda.

Ekolog va iqlimshunosalarning xavotirlariga ko‘ra, keyingi bir necha yil ichida hatto poytaxt Toshkentning osmonini qoplayotgan chang bulutlarining tabiiy va antropogen omillardan iborat kompleks sabablari bor:

havo haroratining oshishi,

buning oqibatida cho‘llashishning tezlashishi,

qurg‘oqchilikning kuchayishi

yirik aholi punktlarda yashil maydonlarning yo‘qotilishi

Avvalroq Ozodlikka gapirgan iqlimshunos Erkin Abdulahatovga ko‘ra, global miqyosda havo haroratining ortishi oqibatida O‘zbekistonda yoz oylari harorat o‘rtacha 2 darajaga ko‘tarilgan.

Bundan tashqari, bu yil O‘zbekiston kuchli qurg‘oqchilikni boshdan kechirmoqda va mamlakatda yiliga taqriban Toshkent maydonidan ikki barobar katta hudud cho‘llashmoqda:

- "O‘zbekiston o‘zi yiliga 3-4 oy yog‘ingarchilik bo‘lmaydigan hududda joylashgan. Hozir bunga may va sentabr oylari ham qo‘shilib, yoz oylarida qurg‘oqchilik kuchaymoqda. Oqibatda, yashil maydonlarga ko‘proq suv berishingiz kerak bo‘ladi, ammo suv shusiz ham muammo. Bizning O‘zbekiston hududida yiliga 2 ta Toshkent shahrichalik hudud cho‘llashib bormoqda",- deydi iqlimshunos.

Uning tushuntirishicha, hozirgi chang bo‘ronlarining aynan Navoiy va Buxoro viloyatlarida kuchayishi sababi bu hududlarda cho‘l ekinlarining qisqarib ketganidir.

-"Qishda havoning iliqlashi oqibatida cho‘l landshaftidagi o‘simliklarning erta uyg‘onishiga olib keldi va to‘satdan mart va aprel oylarida shimoldan keladigan sovuq shamol natijasida, bu ekinlar urug‘ tashlashni kamaytirib yubordi. Bu cho‘llashish degani, ya’ni keyingi yil shu paytda bu hududlarda yashil ekinlar kamayishini anglatadi. Buning natijasida, keyingi yillarda nafaqat cho‘l hududlari, balki tog‘ yaylovlarida ham chang-to‘zonlar kuzatilyapti. Oldinlari Qizilqum hududlari, Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida katta chorva klasterlari bo‘lardi. Hozir bular qolmagan, chunki ana shu hududlar cho‘llashib bo‘ldi",- deydi Erkin Abdulahatov.

2016-yilda BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi e’lon qilgan hisobotda, antropogen omillar global miqyosdagi chang chiqindilarining taxminan 25 foizini tashkil qilishi aytilgan, natijada aholi yashayotgan hududlarda ekotizimlar favqulodda katta xavf ostida qolgani aytilgan edi.

O‘zbekistonda esa keyingi yillarda yirik shaharlar markazlaridagi yashil hududlar keskin qisqartirildi, ko‘p yillik daraxtlar ayovsiz kesildi. Parklar va yashil makonlar o‘rnini ko‘pqavatli beton va oynaband binolar egalladi.

Ekspertlarga ko‘ra, buning oqibatida quruq hududlardan uchib kelayotgan va yildan-yilga hajmi oshayotgan chang shamollarini ixota qiluvchi yashil to‘siqlar yo‘qolib ketdi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti katta ilmiy xodimi, biologiya fanlari nomzodi Baxtiyor Abdug‘afurovga ko‘ra, so‘nggi paytlarda ayrim hududlarda kislorod taqchilligi kuzatilmoqda.

Abdug‘afurov kuzatuvlariga ko‘ra, aslida O‘zbekistonda keyingi paytlarda aholining aksar qismi shikoyat qilayotgan bosh og‘rig‘ining sababi - yashillikning kamayishi, qurg‘oqchilikning oshishi oqibatida havoda kislorodga nisbatan karbonat angidrid nisbatining ortib borayotganida.

Biolog Abdug‘afurovning Telegram kanalida yozishicha, hozirda zudlik bilan O‘zbekistonda daraxt ekishni ko‘paytirish zarur:

“Kislorod/karbonat angidrid nisbati nomutanosib tarzda o‘zgarishi to‘xtamasa, har qanday joy yashashga noqulay hududga aylanadi. Yashil makonning ahamiyatini sodda qilib shunday tushuntirish mumkin.Hozir mashinalar harakati, ishlab chiqarish va hokazo omillar jadallashib borayotgan, yashil qoplam kamayib borayotgan bir vaqtda yaqin kelajakda kislorod tanqisligi kun tartibiga tushadi. Bundan hech kim omon qolmaydi. Yashash og‘irlashadi. Hatto kuchlilar ham sog‘lom vujudini qurbon qilib yashashga majbur bo‘ladi”.

Jahon meteorologiya tashkilotiga ko‘ra, qum va chang bo‘ronlari o‘simlik qoplami kam bo‘lgan qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil hududlarda sodir bo‘ladi.

Chang zarralari ham turli yiriklikda bo‘ladi va hajmiga ko‘ra, havo tarkibida bir necha soatdan 10 kunga qadar qolishi mumkin.

Havoda chang miqdorining ortishi odamlarning sog‘lig‘iga jiddiy xavf soladi: inson tanasida nafas yo‘llari zararlanib, bronxit, emfizema, yurak-qon tomir kasalliklariga chalinishi mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, diametri 10 mikrondan kichik bo‘lgan PM10 zarralar o‘pkaga chuqur kirib, qolib ketishi mumkin. Diametri 2,5 mikrondan kichik bo‘lgan PM2,5 zarralar esa o‘pkadagi aerogematik to‘siqdan o‘tib, qon aylanish tizimiga tushishi mumkin.

Shifokorlarga ko‘ra, chang zarrachalarini muntazam yutgan odamda yurak-qon tomir kasalliklari va o‘pka saratoniga chalinish ehtimoli ortishi mumkin.







Яндекс, А.С. Пушкин, Святой Ленин ведут следствие. Настоящая сенсация! 225 лет А.С. Пушкину.

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: В Московском регионе более 62 тысяч семей распорядились материнским капиталом через банки

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: С начала года более 4,7 тысячи жителей Московского региона оформили страховую пенсию в автоматическом режиме на портале госуслуг


Приглашенные солистки выступят в опере «Руслан и Людмила»

Создайте стильный образ из самых простых вещей в гардеробе

Это вовсе не только Питер: названы 15 городов России, куда можно поехать на белые ночи

Работник СЛД «Чита» филиала «Забайкальский» ООО «ЛокоТех-Сервис» принял участие в экологической акции по очистке берега и дна озера Кенон


LeelooDolls: Revolutionizing the Sex Doll Industry

A Deep Dive into Realistic Doll Manufacturers

Andy Murray cracks brutal joke as Brit star’s Wimbledon preparations are disrupted by bizarre injury 

Walmart adds employee bonus for hourly US workers


Работать там, где удобно: беспроводная гарнитура Fstyler BH230 от A4Tech

Портативный ТСД корпоративного класса Saotron RT-T70

Сотрудники военных следственных органов Следственного комитета России по всей стране оказывают помощь подшефным детским учреждениям

Исследование: структура клеток иммунной системы влияет на ответ на инфекции


I tried to recreate Marvel's Iron Man in this movie studio sim, and my version was so bad my own father stormed out of the theater

Мафия-НН: Все в сборе, правила с тревогой выслушаны, роли прочитаны, и сразу же в бой!

How to watch the 2024 PC Gaming Show: our 10th annual summer showcase

Concord is skipping free-to-play and pulling a Helldivers 2 instead: $40 for the full game with all 16 heroes at launch



Яндекс, А.С. Пушкин, Святой Ленин ведут следствие. Настоящая сенсация! 225 лет А.С. Пушкину.

«Солнечная Азбука» в особом семейном центре «Семь-Я»

Два человека пострадали в ДТП с автозаком в Москве

Смертельная ревность. Что известно об «убийце с автоматом»


Топовые блогеры и популярные диджеи выступят в рамках фестиваля «Лето в Москве. Мода и красота»

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

Злоумышленник избил мужчину возле подъезда на востоке Москвы

Автозак с задержанными и автобус столкнулись в Москве: что известно


На ВДНХ стартовал новый музыкальный сезон    

Банк России сохранил ключевую ставку на уровне 16 процентов годовых

В День русского языка в Республике Сербской открыли бюст А. С. Пушкина и организовали праздничный концерт

Андрей Воробьев: в Солнечногорске построят загородный отельный комплекс


Экс-теннисист Ольховский: Рублев не успел набрать форму на "Ролан Гаррос"

Семнадцатилетняя Андреева впервые сыграет в полуфинале турнира Большого шлема

«Он никогда не снимается с турниров». Циципас прокомментировал травму Джоковича

Российский теннисист Медведев снялся с турнира в Хертогенбосе


В учреждениях социального обслуживания Подмосковья трудятся 15 тыс работников

Татьяна Голикова поздравила Владимира Машкова с назначением в театр «Современник»

Свыше 10 миллионов квадратных метров недвижимости построили в зоне влияния БКЛ и МЦК за 13 лет 

"Автодом": название авто для выпуска на экс-заводе Mercedes пока не определено


Музыкальные новости

Фестиваль-марафон под руководством Надежды Бабкиной пройдет на Псковщине

Музыкальный фестиваль «Денис Мацуев представляет: диалог поколений» продолжается в Самаре

Выставка Музея музыки о Рахманинове охватила 44 страны

Башмет, Бутман и Мацуев выступят на юбилейном фестивале искусств Чайковского


В Москве прошла Премия-практикум «Харизма Года»

Два человека пострадали в ДТП с автозаком в Москве

«Солнечная Азбука» в особом семейном центре «Семь-Я»

Яндекс, А.С. Пушкин, Святой Ленин ведут следствие. Настоящая сенсация! 225 лет А.С. Пушкину.


Академия Плющенко требует почти два миллиона со сбежавшей от них юной спортсменки

МегаФон и «Газпром межрегионгаз» обсудили цифровизацию контроля за поставками газа

Путин назвал отношения с Африкой одним из приоритетных направлений для РФ

Поражения Шубенкова и Савлукова, осечка Кнороз и двойной триумф Макаренко: чем запомнился «Мемориал Знаменских»


Два человека пострадали в ДТП с автозаком в Москве

«Синички», роботы, КАМАЗы. Какие соглашения заключила Москва на ПМЭФ-2024

Автозак с задержанными и автобус столкнулись в Москве: что известно

Автомобиль столкнулся с мотоциклом на 51-м километре Калужского шоссе


Крестьянин или князь: откуда идет род семьи Путина

Захарова объяснила слова Путина о поставках оружия в другие страны

Эксперт Михаил Александров: Далекие от реалий мифологемы

Песков счёл ошибкой думать, что в отношениях Москвы и Анкары наметились проблемы




На ПМЭФ Москва и Буэнос-Айрес договорились о поставках инсулина

Клиники «Будь Здоров» — в лидерах рейтинга лучших клиник 2ГИС

Уникальный интерактивный проект Ставропольской психиатрической больницы на выставке-форуме «Россия»

Антисанитария в службах доставки: токсиколог Кутушов рассказал, почему опасно заказывать еду


AFP: Байден объявил о выделении Киеву помощи на 225 млн долларов


Медийный баскетбол, киберспорт и турнир ММА: Константин Пухов рассказал о мероприятиях Международного центра бокса (Наташа)

Поражения Шубенкова и Савлукова, осечка Кнороз и двойной триумф Макаренко: чем запомнился «Мемориал Знаменских»

«Столото» подписал соглашение в развитие стратегической поддержки комплекса ГТО и многоборья ГТО

В Швейцарии завершился чемпионат Европы по спортивной и фитнес-аэробике



Собянин заявил о росте инвестиций в Москву из-за импортозамещения

Собянин: Завод по производству препаратов из плазмы крови человека появится в РФ

Мэр Москвы Собянин договорился о сотрудничестве с главой Башкирии Хабировым

Мэр Москвы договорился о создании роботизированного завода по производству грузовых автомобилей


Жара вновь бьёт рекорды. Повторится ли аномальное лето 1972 и 2010 годов?

Сервис email-маркетинга DashaMail интегрировал в свою экосистему конструктор виджетов LeadPlan

Мария Багреева: глобальные климатические цели достижимы лишь при участии городов

Багреева: Глобальные климатические цели могут быть достигнуты при участии городов


В учреждениях социального обслуживания Подмосковья трудятся 15 тыс работников

Татьяна Голикова поздравила Владимира Машкова с назначением в театр «Современник»

Ежегодная церемония вручения Всероссийской премии Евгения Зубова прошла в библиотеке Видного

"Автодом": название авто для выпуска на экс-заводе Mercedes пока не определено


Торговые настольные электронные весы CAS PR-15P

Лед тронулся. Как волонтер из Ульяновска попала на «Арктику» и кому поможет портрет Карамзина

Архангельск стал базовой площадкой для проведения окружного спортивного форума

Россия, Новости, Культура, Театр, Дети: Радость, которую приносит Госцирк Бурятии


Литературно-краеведческая программа «Не может быть Родина малой, с такою великой душой!»

Глава Росавиации рассказал о перспективах открытия аэропорта Краснодара

В районе Симферополя появится крупный жилой микрорайон - ЖК "Республика"

Клубный дом "Моне" - особый статус в центре Симферополя


Андрей Воробьев: в Солнечногорске построят загородный отельный комплекс

Банк России сохранил ключевую ставку на уровне 16 процентов годовых

В учреждениях социального обслуживания Подмосковья трудятся 15 тыс работников

Руководитель ДВМС рассказал о запланированных Днях Москвы в других странах














СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *