Yanvar oyida mahalliy hokimliklar “yashirin” yoki XDFU grifi bilan qabul qilgan 1907 ta hujjat o‘rganilib, ularning 386 tasi asossiz ravishda yashirilgani aniqlandi. Ular asosan lavozimga tayinlash, mablag‘ ajratish, rag‘batlantirishga oid. Eng ko‘p holatlar Farg‘ona, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etildi.