2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 18,9 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich Markaziy bankning dastlabki prognozlaridan sezilarli darajada yuqori. MBga ko‘ra, bunga asosiy hamkor davlatlar valyutalarining mustahkamlanishi, jumladan, rublning ko‘tarilishi ta’sir ko‘rsatgan.