O‘zbek musiqasida yetakchi o‘rin tutib kelgan soz - tor (Ozarbayjon tori) mamlakatdagi klassik orkestrlar cholg‘ulari ro‘yxatidan chiqarildi. Manbalar davlat tadbirlarida tor chalinmasligi lozimligi to‘g‘risida tavsiyalar berilganini aytmoqda. O‘zbekiston telekanallaridan biridagi Ozodlik manbasiga ko‘ra¸ telekanallar va videoklip ishlab chiqaruvchi prodyusserlik markazlariga tor tasviri ko‘zga tashlanmasligi haqida ko‘rsatma berilgan.