Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanidan Ozodlikka telefon qilib o‘zini Arslon, deb tanitgan yigit quyi Amudaryo hududida toza ichimlik suvi ta’minoti ahvoli keskin yomonlashganini aytdi. Unga ko‘ra, to‘rtko‘lliklar yozning chillasida er osti suvini iste’mol qilishga majbur bo‘lmoqda.