Obama: Prezidentlik uchun Hillari Klintondan kuchliroq nomzod yo'q
Pensilvaniya shtatida davom etayotgan demokratlar qurultoyining uchinchi kunida AQSh Prezidenti Barak Obama nutq so'zlab, prezidentlik uchun kechayotgan saylovda Hillari Klinton nomzodini qo'llab-quvvatladi. U o'tgan sakkiz yil ichida mamlakat erishgan yutuqlarni tilga olib, bular davom etishi uchun Klintonni saylashimiz kerak, dedi.
"Amerika allaqachon buyuk davlat. Men uning kelajagi yanada buyuk bo'lishiga ishonchim bugun har qachongidan ham kuchliroq", - dedi Obama.
