O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mulozimi o‘zbek telekanallarida ko‘rsatilayotgan serialga ovoz bergan ijodkorlar ishini “harom” deb¸ ularni sazoyi qilishga chaqirgan islomiy sayt mavjud qonunlarni buzganligini bildirdi. Din ishlar qo‘mitasi mulozimiga ko‘ra¸ bu sayt materiallari ekspertizaga berilgan.