Мы в Telegram
Добавить новость
smi24.net
World News in Uzbek
Февраль
2019

Новости за 20.02.2019

Киллер «Пикассо» суд қора курсисида…

Hordiq.uz 

Яқинда Краснодар суди киллер, ўз вақтида «Дед Ҳасан» лақаби билан жиноят оламида машҳур ўғрибошининг иш бошқарувчисини ўлдирган киллер Петр Пинчук (лақаби «Пикассо») устидан қўзғатилган жиноий ишни кўриб чиқишга киришди. Пинчук 2010-2012 йилларда кўплаб тадбиркорларни отиб ўлдирганлик, ноқонуний тарзда қурол-аслаҳа савдоси билан шуғулланганлик, наркотик олди-сотдисида айбланмоқда. Прокурор Наталья Каликанованинг таъкидлашича, Пинчук тадбиркор Эдуард Кагосян, унинг […]

Sud ro‘mol o‘ragani uchun o‘qishdan haydalganini da’vo qilgan qizning shikoyatini asossiz deb topdi (VIDEO)

Озодлик Радиоси 

20 fevral kuni Ma’muriy ishlar bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudi ro‘mol o‘ragani uchun Xalqaro Islom Akademiyasidan haydalganini da’vo qilgan Luiza Muminjanovaning da’vo arizasini asossiz deb topdi. Sud qarori haqida Ozodlikka 19 yashar Luiza Muminjonovaning o‘zi ma’lum qildi.  2018 o‘quv yilida Davlat byudjeti asosida Xalqaro Islom Akademiyasiga o‘qishga qabul qilingan xorazmlik Luiza Muminjanova o‘qishga ro‘molda kelgani uchun darslarga kiritilmagan va oradan bir oy o‘tib 140 soatdan... Читать дальше...

O‘zchivit Toshkentga “Olmazor city” loyihasi reklamasida suratga tushish uchun kelgan

Озодлик Радиоси 

Mashhur turk kinoaktyori Burak O‘zchivit O‘zbekistonga Toshkentning O‘qchi-Olmazor mavzesida buzilgan eski uylar o‘rnida qurilayotgan “Olmazor city” loyihasi reklamasida suratga tushish uchun kelgan. Bu ma’lumotni loyihani amalga oshirayotgan "Bizning uylar" developerlik shirkati vakili Ozodlikka tasdiqladi. Burak O‘zchivit 16 fevralda Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Olmazor city” loyihasi taqdimotida qatnashgan. Shu marosimda turk aktyori "loyiha qiyofasi" sifatida tanlanganligi e’lon qilingan, ekranda... Читать дальше...

Namanganda prezident kelishiga bug‘doyzor buzildi, yo‘l chetiga taxta to‘siqlar o‘rnatilmoqda

Озодлик Радиоси 

Namangan viloyat, Pop tumanida fermer Sherali Ahmadalievning katta yo‘l bo‘yidagi 7 gektar yerda ko‘karib turgan bug‘doyzori uning ruxsatisiz bir kechada shudgor qilindi. Bu haqda Ozodlikka xabar bergan fermerning aytishicha, tuman hokimi o‘rinbosari shu yo‘ldan o‘tishi ehtimoli bo‘lgan prezidentning ko‘zi kech ekilgan bug‘doyga tushib qolmasligi uchun o‘zboshimchalik bilan bug‘doyzorga traktor soldirgan. Pop tumani fermerlari, shuningdek, tuman hokimi katta yo‘l yoqasini taxta bilan to‘sishga majburlayotganidan shikoyat qildi. Читать дальше...

Африка халқлари нега оч қолмоқда? Очликнинг туб сабаби нимада?..

Hordiq.uz 

Бугунги кунда дунё кўриб турибди. Африка қитъасидаги ўнлаб давлатлар аҳолиси қурғоқчилик ва яна бошқа сабаблар туфайли очликдан азобланмоқда. Дунёнинг кўп давлатларидан африкаликларга гуманитар ёрдам жўнатилмоқда. Лекин бу кам. Чунки Африкада очлар кўп. Уларнинг барчасини тўйдириб бўлмайди. Лекин очлик юзага келишига биргина қурғоқчиликни сабаб қилиб кўрсатиш ҳам нотўғри. Негаки, Африка қитъаси жуда кенг, ер майдонларининг […]



Иллат

Zamin.uz 

Ўнг тарафига янги қўшни кўчиб келди-ю, бу аёлнинг тинчи бузилди. Эркак қўшни тиш дўхтири, хотини эса уй бекаси экан. Аёл қўшни деярли кўчага чиқмас, меҳмондорчилик ёки қариндош-уруғлариникига борса ҳам оиласи, болалари билан бориб келарди. Бир-икки марта кундузи «Бир ғийбатлашай», деб кирганида унинг Қуръон ўқиётгани устидан чиқди. Рўпарасида бир муддат пойлаб ўтирди. — Узр, қўшни, банд эдим, бирор кун бемалол чойлашармиз-а, — деди қўшниси китобдан бош кўтариб. Аёлнинг аччиғи чиқди. Орадан бир-икки кун ўтказиб... Читать дальше...

Ғаллаороллик йигитни ИИБ ходимлари таҳқирлагани ҳақидаги хабарга расмий муносабат билдирилди

Zamin.uz 

Иллюстратив фото Ижтимоий тармоқларда «Ғаллаороллик йигит ИИБ ходимлари уни таҳқирлашганини билдирди» сарлавҳаси билан тарқатилган мақола ўз тасдиғини топмади ва воқеанинг асл ҳолати маълум бўлди, деб хабар бермоқда ИИВ Жамоатчилик ва оммавий ахборот воситалари билан алоқалар бошқармаси. Ҳолат юзасидан олиб борилган суриштирув ишлари натижасида, 2019 йил 14 февраль куни Самарқанд вилояти ИИБ ходимлари томонидан «КIА-ВONGO» русумли 10 L 141 LA давлат рақам белгили автомашинасида 1000 литр ёқилғи (бензин)... Читать дальше...

Manbalar Bojxonaga ishga o‘tgan 30 ga yaqin prokuratura xodimi ishdan olinganini aytmoqda

Озодлик Радиоси 

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining (DBQ) bir necha xodimi Ozodlikka bir-biridan mustaqil ravishda ma’lum qilishicha, roppa-rosa bir yil muqaddam prokuratura tizimidan bojxona qo‘mitasiga o‘tgan o‘nlab amaldor bir hafta muqaddam vazifalaridan chetlatilgan, ularning ba’zilari ustidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. DBQ xodimlariga ko‘ra, vazifalaridan chetlatilgan bojxona xodimlaridan ba’zilari korrupsiyaga bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda. DBQdagi so‘nggi o‘zgarishlar O‘zbekistondagi boshqa bir qudratli tizim ... Читать дальше...

OzodTa’sir: O‘quvchilar ommaviy kaltaklangan maktabning uch xodimi ishdan bo‘shatildi (VIDEO)

Озодлик Радиоси 

Navoiy shahridagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi o‘quvchilarining ommaviy kaltaklangani borasidagi Ozodlik maqolasidan so‘ng ushbu maktabning uch xodimi ishdan olindi. Madaniyat vazirligi rasmiysiga ko‘ra, o‘z tasarrufidagi maktabda sodir bo‘lgan ushbu voqea bo‘yicha prokuratura ham surishtiruv boshlagan. Ozodlik orqali 18 fevral kuni e’lon qilingan “Madaniyat vazirligi maktab o‘quvchilari ommaviy kaltaklanganini o‘rganmoqda” sarlavhali maqoladan so‘ng Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining uch xodimi ishdan olingan. Читать дальше...

Mixail Saakashvili o‘zini Gulliverga o‘xshatdi

Озодлик Радиоси 

Gruziya sobiq prezidenti o‘zini "deyarli toza qonli gruzin", deb e’lon qilganidan bir kun o‘tib, Feysbukdagi sahifasiga qo‘ygan rasmi odamlarni tong qoldirdi. Saakashvili unda XVIII asr ispan adabiyoti klassigi Jonatan Svift romani qahramoniga shama qilib, o‘zini liliputlar asir olgan Gulliver qilib tasvirlabdi. O‘sha suratda u mayda liliputlarga asir tushgan ko‘yi qumloq sohilda, kuzatuv minoralari qurshovida yotibdi. Saakashvilining Feysbukdagi rasmiy akkauntining 1 milliondan oshiq obunachisi bor. Читать дальше...

"O‘zbekiston rasmiylari yana qovun tushirib qo‘yish arafasida turibdi"

Озодлик Радиоси 

"Bu yil Yusuf Xos Hojibning 1000 yilligi, "Qutadg‘u bilig"ning 950 yilligi Qozog‘iston va Turkiyaning tashabbusi bilan YuNESKO tomonidan dunyoda keng nishonlanmoqda. Bizda esa jim-jitlik", deb boshlagan o‘zbekistonlik adabiyotshunos Ozodlikka yo‘llagan matnini. Negadir ism-familiyasi ochiqlanishini istamagan muallif bitiklarining davomini o‘qing:  ​Yozuvchilar uyushmasi shu sana munosabati bilan tadbirlar ishlab chiqib, hukumatga taqdim etgan. Lekin hozirgacha bunga oid hukumat qarori chiqmadi. Читать дальше...

Shaharda ish yo‘q. "O‘zbekistonda mehnatga yaroqli har 5 odamdan 4 nafari qishloqda ishlaydi"

Озодлик Радиоси 

O‘zbekiston ishchi kuchi tezlik bilan ko‘payib borayotgan davlat hisoblanadi va bu holatdan mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini yanada kuchaytirish uchun foydalanish mumkin.   Jahon Banki guruhi va Xalqaro moliya korporatsiyasi e’lon qilgan «O‘zbekistonda bozorlarni tashkil etish. Barqarorlikdan raqobatbardoshlikka qadar» deb nomlangan hisobotda mana shu haqda bildirildi. Hisobotda ta’kidlanishicha, 2016 yilda mamlakatning mehnatga yaroqli yoshdagi aholisi soni 23 million kishiga yetgan... Читать дальше...

Неймар жароҳати туфайли икки кун тинмай йиғлаган экан...

Zamin.uz 

ПСЖ ҳужумчиси Неймар жароҳати сабабли икки кун давомида йиғлаганини тан олди. Бразилиялик футболчи Франция Кубогидаги «Страсбург» клуби билан бўлиб ўтган ўйинда жароҳат олганди. У Европа Чемпионлар Лигаси 1/8 финали доирасида «Манчестер Юнайтед»га қарши кечган дастлабки учрашувини ўтказиб юборди. «Биринчи марта жароҳат олганимда имкон қадар тезроқ тузалишим керак, деб ўзимга ўзим сўз бергандим. Жуда хафа бўлдим. Бу сафарги олган жароҳатимни ҳазм қилиш мен учун қийин бўлди. Икки кун тинмай йиғладим»... Читать дальше...

Ўзбек аёллари Жанубий Корея эркаклари учун жуда қимматга тушаркан…

Hordiq.uz 

«Straitstimes» нашри Жанубий Корея эркакларининг хорижлик аёл билан никоҳдан ўтиши масаласида ўз ҳисоб-китобларини эълон қилди. Бу ҳисоб-китобларга кўра, Жанубий Кореялик эркак ўзбек аёли билан никоҳдан ўтиши учун тўланадиган давлат божи 22 минг доллардан иборат бўларкан. Бу бошқа хориж аёллари билан таққослаганда, энг қиммат бож демакдир. Ваҳоланки, Жанубий Корея бизнинг юрт эркаклари билан бирга аёллар […]





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *