Мы в Telegram
Добавить новость
smi24.net
Gazeta.uz (ru)
Апрель
2024

Новости за 30.04.2024

30-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Gazeta.uz (ru) 

Kambag‘allikning yangi — 648 ming so‘mlik chegarasi, Toshkent markazida o‘pirilib tushgan asfalt, davlat bog‘chalari uchun oshirilgan to‘lovlar, yana PISA tadqiqotida qatnashadigan O‘zbekiston va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“Shahar haqida ma’lumot ko‘proq bo‘lishi kerak”. Tahlilchi Aleksey Letunovskiy — Yangi Toshkent qurilishi va shaharni rivojlantirish haqida

Gazeta.uz (ru) 

Yangi Toshkent qurilishi aholini jalb qilishning yangi markazlarini yaratadi, deyiladi CMWP xalqaro kompaniyasining poytaxtni rivojlantirishga bag‘ishlangan hisobotida. Bunday hisobotlar shaharlarni rivojlantirishda qanday yordam beradi — hujjat muallifi Aleksey Letunovskiyning “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida.

Abdulla Qodiriy 1926-yilda nega sudlangandi va sudda nima degandi?

Gazeta.uz (ru) 

2024-yilda Abdulla Qodiriy tavalludiga 130 yil to‘ldi. So‘nggi bir yilda Qodiriy nomi bilan bog‘liq eng muhim voqea — uning 1926-yilgi jinoyat ishi bo‘yicha oqlanishidir. “Gazeta.uz” Qodiriyning o‘sha ish bo‘yicha salkam 100 yil avval Samarqandda bo‘lgan sudda o‘qigan nutqi matnini qayta e’lon qiladi.

“Odamlar mehribon bo‘lishini xohlayman”. Toshkent hayvonot bog‘idagi Navro‘z laqabli yo‘lbars hikoyasi

Gazeta.uz (ru) 

Toshkent hayvonot bog‘ida 10 yashar bir yo‘lbars bor. Laqabi — Navro‘z. O‘zi moskvalik, 8 yildan beri Toshkentda yashaydi. Hayotning achchiq-chuchugini totgan, hatto bir “xotini” va bolasidan ham “ayrilgan”. Bir tishidan ham ayrilgan. Navro‘z o‘z hikoyasini “Gazeta.uz” bilan bo‘lishdi — uning odamlarga iltimosi bor.

Foto: Trolleybus o‘rniga elektrobus

Gazeta.uz (ru) 

Toshkentliklar 1947-yildan trolleybuslardan foydalana boshlagan. Poytaxt bu transport turi bilan 2010-yil 30-aprelida xayrlashgandi. Hozir esa bir vaqtlar trolleybuslar yurgan yo‘llarda elektrobuslar harakatlanmoqda. “Gazeta.uz” ayni bir joyda yurgan trolleybus va elektrobuslar suratlarini jamladi.



May oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Gazeta.uz (ru) 

O‘zbekistonda may oyi quruq va iliq havo bilan boshlanadi. Birinchi o‘nkunlikda harorat kunduzi +26…+29 daraja iliq bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘nkunliklarda kunduzgi harorat +23…+28 dan +30…+35 darajagacha o‘zgarib turadi. Ayrim joylarda momaqaldiroq, tog‘li hududlarda kuchli jala va sellar bo‘lishi xavfi bor.

1-maydan nimalar o‘zgaradi?

Gazeta.uz (ru) 

Energiya tariflari oshadi, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lganlarga moddiy yordam beriladi, hokimliklarga zilzila xavfi bo‘yicha oylik xulosalar kiritiladi, ayrim o‘zanlarda noruda qazib olishga moratoriy joriy etiladi, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga tadbirkorlar jalb etiladi — 1-maydan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekistonda “kvartplata”larning minimal miqdori tasdiqlandi

Gazeta.uz (ru) 

O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylardagi majburiy badallarning eng kam miqdorlari tasdiqlandi. Toshkentda ular binoning maydoni va qavatlar soniga qarab 1 kv metr uchun 1147 so‘mdan 1829 so‘mgacha bo‘ladi. Uy boshqaruvi kompaniyalari ko‘rsatishi shart bo‘lgan minimal ishlar va xizmatlar ro‘yxati ham tasdiqlandi.

Toshkentdan Chorvoqqa avtobuslar qatnovi yana boshlandi

Gazeta.uz (ru) 

Toshkentdan Chorvoqqa kuniga ikki mahal avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan ertalab 8:00 va kechki 18:00 da jo‘naydi, Xumsondan 6:00 va 16:00 da qaytadi. Yo‘lkira — 20 ming so‘m.

YeTTB prezidenti Odil Reno-Basso O‘zbekistonga keladi

Gazeta.uz (ru) 

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso Toshkentga tashrif buyuradi. U prezident va boshqa rasmiy shaxslar bilan muzokaralar o‘tkazadi, Xorijiy investorlar kengashi va Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi.

Energiya tariflari oshishi fonida kambag‘allik chegarasi yana bir bor oshirildi

Gazeta.uz (ru) 

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari 4,3 foizga o‘sdi — oyiga 621 ming so‘mdan 648 ming so‘mgacha. Ushbu ko‘rsatkich kambag‘allik chegarasini aniqlashda ishlatiladi. Mazkur summa 1-maydan gaz va elektr energiyasi tariflari oshishi munosabati bilan yil boshidan buyon ikkinchi marta yangilandi.

Toshkent hayvonot bog‘ida navbatdagi vasiylik dasturi ochildi

Gazeta.uz (ru) 

Toshkent hayvonot bog‘ida jonzotlarning yashash sharoitini yaxshilash uchun navbatdagi vasiylik dasturi ochildi. Bunda korpuslarni ta’mirlash, o‘yinchoq, ovqat olib berish, davolatish va boshqalar amalga oshiriladi. Bu davrda vasiy va uning oilasiga imtiyozlar, jumladan, zooparkka bepul kirish imkoni beriladi.





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *