M. Solih: Bobomurod Abdullaev ishi - meni vatanga qaytarmaslik uchun uyushtirilgan fitna!
27 sentabr kuni yo‘qolganidan uch kun o‘tib daragi MXX hibsxonasidan chiqqan jurnalist Bobomurod Abdullaevni Muhammad Solihning topshirig‘i bilan hokimiyatni kuch bilan ag‘darishga uringanlikda ayblash harakati boshlandi. MXXning bu harakatiga munosabat bildirar ekan, muxolifatdagi O‘zbekiston Xalq harakati rahbari Muhammad Solih "Bobomurod Abdullaev ishi meni vatanga qaytarmaslik uchun uyushtirilgan fitnadir" dedi.