Qamoqdan ozod qilingan faollar Mirziyoevni yangi qama-qamalarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi
Kuni-kecha qamoqdan chiqqan o‘zbekistonlik huquq faollari¸ o‘zlari ozodlikka chiqar-chiqmas¸ mustaqil jurnalist Bobomurod Abdullaevning hibsga olinganini eshitib «o‘zgarishlar haqidagi illyuziya chippakka chiqqanligini» aytadi. Ayni paytda¸ sobiq siyosiy mahkumlar prezident Mirizyoevdan¸ bu jarayonni to‘xtatib¸ mamlakatda tub siyosiy islohotlar davrini boshlashga chaqirdi.