O‘zbekistonda Ucell nomi bilan tanilgan Shvetsiyaning Telia shirkati O‘zbekistonda faoliyat yuritish uchun pora bergani yuzasidan AQSh va boshqa davlatlarda davom etayotgan tergov-surishtiruv ishlarini to‘xtatish uchun kamida 965 million AQSh dollari miqdorida jarima to‘lashga rozi bo‘ldi. Bloomberg nashrining yozishicha, payshanba kuni Nyu Yorkda o‘tgan mahkamada shunday kelishuvga erishilgan.