Serbiya Bosh vaziri Belgradda o‘tgan gey paradda qatnashdi
Serbiyaning lesbiyanka ekanini ochiq tan oladigan Bosh vaziri Ana Brnabich poytaxt Belgradda 17 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan gey paradda ishtirok etdi. Paradda 1000 ga yaqin odam qatnashdi. Bundan avval birorta Serbiya bosh vaziri har yili bo‘lib o‘tadigan paradda ishtirok etmagan edi.