Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumani Ullibog‘ qishlog‘ida yashovchi 29 yashar Ahmad Niyozimbetov uyini buzishga kelgan hokimlik vakillariga norozilik bildirib, o‘ziga o‘t qo‘ydi. Hokimlikka ko‘ra, Niyozimbetovning uyi noqonuniy qurilgani borasida sud qarori bo‘lib, uy buzilishi lozim. Hozirda shifoxonada davolanayotgan Ahmad esa qo‘lida uyga tegishli barcha hujjatlari borligini ta’kidlamoqda.