Мы в Telegram
Добавить новость
smi24.net
World News in Uzbek
Ноябрь
2017

Новости за 02.11.2017

Trampning "Grin kard" lotereyasini to‘xtatish talabi qabul qilinsa, nima bo‘ladi?

Озодлик Радиоси 

29 yashar o‘zbek Nyu-Yorkda sodir etgan terakt ortidan prezident Tramp Kongressdan "Grin kard" lotereyasini tugatishni so‘rashini bildirdi. Bu lotereyani to‘xtatish talabi bilan Kongressga taqdim qilingan to‘rtinchi loyihadir va amerikalik ekspertlar bu gal dasturning tugatilishi, qisqartirilishi yoki o‘zgartirilishi ehtimoli kattaligini aytmoqdalar.

“Rashidov davridagi pripiskadan hozirgi qo‘shib yozishning farqi yer bilan osmoncha”

Озодлик Радиоси 

30 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov o‘tkazgan yig‘ilishda paxta terimi vaqtida amalga oshirilgan qo‘shib yozishlar fosh qilindi. Natijada, Toshkent va Jizzax viloyati hokimlari qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yilgani uchun ishdan olindi. Xorazm viloyati hokimi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbari jiddiy ogohlantirildi. Xorazm va Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi paxta rejasini bajargani yolg‘on bo‘lib chiqdi.

OzodMikrofon: “Tadbirkorlik uchun qonuniy olingan yerni G‘ijduvon hokimi bermayapti”

Озодлик Радиоси 

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidan OzodMikrofon ga arz qilgan tadbirkor Ilhomjon Rahimovning aytishicha, barcha hujjatlari qonunan rasmiylashtirilgan, tadbirkorlik uchun unga ajratilgan yerda qurilish boshlashga tuman hokimi to‘sqinlik qilmoqda. Ilhomjon Rahimov bu yerning unga tegishli ekanligini qonuniy tasdiqlovchi hujjatlarni ham Ozodlikka taqdim etdi.

Poezdda paxta tergani jo‘natilgan hasharchilar kira qilib uylariga qaytmoqda

Озодлик Радиоси 

Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning buyrug‘i bilan Toshkent, Sirdaryo viloyatlariga poezdda jo‘natilgan minglab hasharchilar, paxtani terib bo‘lgach, o‘z yonlaridan xarajat qilib uyga qaytishga majbur bo‘lyapti. Viloyat hokimligi mahalla raislariga o‘zlari jo‘natgan hasharchilarni o‘zlari pul topib qaytarib olib kelish topshirig‘ini bergan. Mahalla raislari esa, uyma-uy yurib, hasharchilarni olib kelish uchun “ko‘ngildan chiqarib” pul berishni so‘rayapti.



Qizil O‘zbekiston rahbari Rashidov sharafiga Jizzax tomlari qizilga bo‘yaldi

Озодлик Радиоси 

Sharof Rashidovning 100 yillik yubileyi oldidan jizzaxliklar uylarining shiferlarini tunukaga almashtirib, uni qizilga bo‘yashga majburlandi.  Belgiyadan keltirib, ko‘chalarga o‘tqazilgan gul va daraxtlar quriy boshlagach, ko‘chatlarning har biriga bittadan odam biriktirildi.

Reuters: Vatanida bosimga uchragan ayrim o‘zbeklar chet ellarda ekstremizmga yuz burmoqda

Озодлик Радиоси 

So‘nggi yillarda vatanida ish yo‘qligi, xatti-harakatlari va noroziligi qattiq nazorat qilingan millionlab o‘zbeklar boshqa mamlakatlarga chiqib ketdi. Necha yuzlab kishilar Yaqin Sharqda urishayotgan "Islom davlati" ekstremistik guruhi jangarilari safiga borib qo‘shildi, boshqalari esa mehmon bo‘lib turgan mamlakatlarida diniy ekstremizm changaliga tushib qoldi, deb boshlanadi Reyter agentligi maqolasi. Quyida uning mazmuni bilan tanishing.

Reuters: Nyu-Yorkdagi o‘zbeklarni Soipovning soqoli hayratga soldi

Озодлик Радиоси 

Nyu-Yorking “Kichik O‘zbekiston” mahallasida yashovchi o‘zbeklar vatandoshlaridan biri seshanba kuni amalga oshirgan terror hujumida ayblanayotganini eshitib, xavotirga tushishgan. Ammo ular Nyu-Yorkda 8 odam o‘limida gumonlanib qo‘lga olingan Sayfullo Soipovning suratlarini ko‘rib, lol qolishdi.

AQSh sudi Sayfullo Soipovga ayblov bildirdi. Tramp unga o‘lim jazosi berishni taklif qildi

Озодлик Радиоси 

AQSh prokurorlari Nyu-Yorkda 8 odam o‘limida gumonlanib qo‘lga olingan O‘zbekiston vatandoshi Sayfullo Soipovga 1 noyabr kuni terrorchilik bilan bog‘liq ayblov bildirdi. Sayfullo Soipov qo‘lga olish jarayonida qornidan yaralangani uchun Manheten federal sudiga nogironlar aravachasida kishanband qilingan holda olib kelindi.

Peterburgda magazinning o‘zbekistonlik qo‘riqchisini o‘g‘ri xaridor otib ketdi (FOTO)

Озодлик Радиоси 

Sankt-Peterburgdagi gipermarketlardan biri rahbariyati xaridor otgan o‘qdan yaralangan ishchisi - o‘zbekistonlik qo‘riqchini ishdan bo‘shatmoqchi. Xorazmlik Ixtiyor Xudoynazarov xaridorni o‘g‘irlik sodir etganlikda gumon qilib to‘xtatgan paytda u to‘pponchadan o‘q uzgan va Ixtiyor ikkita o‘qdan og‘ir yaralangan. O‘q uzgan shaxs politsiya xodimi ekani taxmin qilinmoqda va u qidiruvga berildi.

Tojikistonda chet elda ta’lim olgan imom-xatiblar vazifalaridan bo‘shatiladi

Озодлик Радиоси 

Tojikiston Din qo‘mitasi xorijiy davlatlardagi islomiy o‘quv yurtlarda ta’lim olgan diniy xodimlar mansablaridan ozod etilishini e’lon qildi. Din qo‘mitasiga ko‘ra, bunday qaror qabul qilinishiga “aynan shunday shaxslarning jinoyatlarga qo‘l urgani” sabab bo‘lgan.

Toshkentlik Nodirbek jahonning ikkinchi eng yosh grossmeysteri bo‘ldi

Озодлик Радиоси 

O‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov jahon shaxmat tarixida eng yosh ikkinchi grossmeyster bo‘ldi. 6 yoshida O‘zbekiston chempioniga aylangan 13 yoshdagi Nodirbek rossiyalik va hindistonlik 24-32 yoshli grossmeysterlar ustidan Sankt -Peterburgda o‘tgan xalqaro shaxmat turnirida g‘alaba qozonib, grossmeyster maqomiga ega bo‘ldi. Jahonning eng yosh birinchi grossmeysteri maqomini shu kungacha rossiyalik 27 yoshli Sergey Koryakin saqlab qolmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Tojikiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Belarus Respublikasi va Turkmaniston Hukumatlari rahbarlarini qabul qildi

Uza.uz (uz) 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Bakitjan Sagintayev, Belarus Respublikasi Bosh vaziri Andrey Kobyakov va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Esenmurat Orazgeldiyev bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

ЗУЛМАТДАГИ УМР-20…

Hordiq.uz 

* * * Женя камерага кирибоқ назоратчидан Миша билан учраштиришини илтимос қилди. Албатта, илтимос қуруқдан қуруқ бўлмайди. Назоратчи битта ўнталикни қўлига олгач, кўз очиб юмгунча иккаламизни сайр майдончасига олиб чиқди. Миша деганлари баланд бўйли, кўзи ғилайроқ, калбош, ёши қирқларга борган бир эркак эди. У Женяни кўриши билан ёнидаги шеригига кўз қисиб қўйди-да, деворга суяниб олди. […]

Ўзбекистон Республикаси Президенти Тожикистон Республикаси, Қозоғистон Республикаси, Беларусь Республикаси ва Туркманистон Ҳукуматлари раҳбарларини қабул қилди

Uza.uz (oz) 

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2 ноябрь куни МДҲ Ҳукумат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги мажлисида иштирок этиш учун мамлакатимизга келган Тожикистон Республикаси Бош вазири Қоҳир Расулзода, Қозоғистон Республикаси Бош вазири Бакитжан Сагинтаев, Беларусь Республикаси Бош вазири Андрей Кобяков ва Туркманистон Вазирлар Маҳкамаси Раиси ўринбосари Эсенмурат Оразгелдиев билан икки томонлама учрашувлар ўтказди.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Россия Федерацияси Ҳукумати раисини қабул қилди

Uza.uz (oz) 

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2 ноябрь куни мамлакатимизда расмий ташриф билан бўлиб турган ва МДҲ Ҳукумат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги мажлисида иштирок этадиган Россия Федерацияси Ҳукумати раиси Дмитрий Медведевни қабул қилди.





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *