OzodMikrofon: Xatirchi hokimi fermerlar uzumzoriga suv bermayapti
Navoiy viloyati Xatirchi tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan miroblardan biri, tuman hokimining buyrug‘i bilan Oltinobod qishlog‘i hududidagi fermerlarning uzumzorlari va aholining tomorqasi suvsiz qolayotganidan shikoyat qildi. Mirobning aytishicha, hokim paxtaga suv olamiz deb, bog‘bonlarni suvdan qisib qo‘ymoqda, suv tortadigan nasoslar esa eskirib qolgan.