Мы в Telegram
Добавить новость
smi24.net
World News in Uzbek
Июль
2017

Новости за 13.07.2017

"Xorijga chiqish pasporti mavjud fuqarolar uchun yana shunday pasport joriy etish -mantiqsizlik"

Озодлик Радиоси 

OzodNazar eshittirishining bugungi mehmoni, o‘zbekistonlik shifokor-blogger Qanot Odil chet elga chiqmoqchi bo‘lgan o‘zbek vatandoshlarida xorijda tan olingan biometrik pasport bo‘laturib yana maxsus pasport chiqarish mantiqsiz qadam ekani, chiqish vizasi bekor qilinib, o‘rniga xorijiy pasportlarning iste’molga kiritilishi bilan hech narsa o‘zgarmasligi, qolaversa bu o‘zbek vatandoshlari, o‘zbek soliq to‘lovchilari gardaniga tushadigan ortiqcha harajat bo‘lishini aytdi.

Qurultoy: Qamalganlarning yaqinlari «tavqi la’nat»dan qutuldimi?

Озодлик Радиоси 

Bundan buyon yosh kadrlarni tanlashda ularning yaqinlari sudlangani to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ahmiyat qaratilmaydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoev 12 iyulda o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi. Ozodlikning Qurultoy eshittirishi qatnashchilari O‘zbekiston prezidentining 12 iyul kuni aytgan “20 yil davomida shunaqa tizim yaratdikki, yaxshi-yaxshi kadrlarni “otasi qamalgan”, “akasi qamalgan”, degan vajlar bilan boshqaruvga yaqin yo‘latmadik. Barcha o‘zi uchun javob bersin. Ota o‘zi uchun, bola o‘zi uchun, aka o‘zi uchun. Читать дальше...

Toshkentlik imom chetda nikoh o‘qitganlarni Qur’onga qarshi qo‘ydi (VIDEO)

Озодлик Радиоси 

"O‘zbekiston" telekanalida ko‘pxotinlilik qoralangan ko‘rsatuvda qatnashgan toshkentlik imom xorijda nikoh o‘qitganlarni Qur’onga qarshi amal qilganlar, deb ta’rifladi. Prezident Mirziyoev tanqidi ortidan ko‘pxotinlilikni qoralagan imomning bu bayonoti ko‘rsatuv tugamay turiboq, ijtimoiy tarmoqlarda bahsu munozara uyg‘otib yubordi.

Peterburgda sodir bo‘lgan yong‘inda o‘lgan 7 o‘zbekning ismlari ma’lum bo‘ldi (VIDEO)

Озодлик Радиоси 

Sankt-Peterburgning Kolpino tumanidagi sanoat zonasi hududida 13 iyulga o‘tar kechasi yonib ketgan angardan 7 kishining jasadi topildi. TASS agentligi o‘lganlarning hammasi O‘zbekiston vatandoshlari ekanini xabar qildi. Ozodlik o‘z manbalaridan o‘lganlar orasida Ro‘zmat X.,  Suraj H., Ilyos B., Zoir O., Shahzod Ya., Yunus B. va O‘tkir ismli o‘zbekistonliklar bo‘lishi mumkinligini aniqladi.​

Urush faxriylari Mirziyoev va’da qilgan bepul Haj imtiyozidan benasib qolmoqda

Озодлик Радиоси 

Andijonning Shahrixon tumanida yashovchi urush faxriylari O‘zbekiston prezidenti va’da qilgan Haj safariga navbatsiz va bepul borish imtiyozidan benasib qolganliklarini aytishmoqda. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev aprel oyida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining har qanday talab va istaklarini inobatga olish, agarda ular haj safariga borish istagini bildirsa, davlat hisobidan bepul borib kelishlarini va’da bergandi.

Samarqandda xorijdan yuborilgan pul jo‘natmalarini olish qiyinlashdi

Озодлик Радиоси 

Samarqand shahrida odamlar xorijdan yuborilgan pul jo‘natmalarini o‘z vaqtida ololmay, sarson bo‘lyapti. Bu haqda Ozodlikka shikoyat qilgan samarqandliklar banklarning oldida tumonat odam yig‘ilganini, ba’zan kuni bilan navbatda turishayotganini aytishyapti. Bank mutasaddilari bu holatni shahardagi xorijdan keladigan pul jo‘natmalarini beradigan bir qancha minibank o‘z faoliyatini to‘xtatgani bilan izohlamoqda.

O‘zAro ko‘chirmachilik: Karimovning o‘rniga Mirziyoev yoziladi - "yangi maqola" tayyor!

Озодлик Радиоси 

O‘zbekistonning asosiy xabar manbasi, O‘zA milliy axborot agentligi mamlakat prezidenti suratlariga “Photoshop” yordamida “ishlov berishi” yetmaganiday, davlat rahbari haqidagi avvalgi maqolalarini faqat familiyani o‘zgartirib, "yangi maqola yaratishni" o‘ziga kasb qilib olgan, deyiladi "Nastoyashchee Vremya" telekanali tayyorlagan maqolada.

Qayta ish boshlagan “Abu Saxiy” o‘z xizmat haqini yanada arzonlatdi

Озодлик Радиоси 

Xitoy¸ Turkiya va boshqa davlatlardan import mollarini O‘zbekistonga olib kirishni 2017 yil yanvar oyidan boshlab to‘xtatib qo‘ygan “Abu Saxiy” shirkati o‘tgan oydan o‘z kargo xizmatini qayta tikladi. Ozodlik suhbatlashgan “Abu Saxiy” mijozlariga ko‘ra¸ marhum prezident Islom Karimovning kuyovi Timur Tillaevga qarashli bu shirkat nafaqat o‘z faoliyatini qayta tiklagan¸ balki xizmat narxini o‘tgandagiga nisbatan arzonlatgan ham.



Pasportini unutgan yo‘lovchilar M-39 yo‘lida Qozog‘iston orqali o‘ta olmaydi

Озодлик Радиоси 

Toshkent-Termiz M-39 avtomobil yo‘lining Qozog‘iston hududi orqali o‘tadigan qismi ochilgani e’lon qilinganidan so‘ng, yo‘lni yaqin qilmoqchi bo‘lib chegara maskaniga kelgan yuzlab avtomobil egalari va yo‘lovchilar ortga qaytib, eski yo‘ldan yurishga majbur bo‘ldi. Haydovchilarning aytishicha, ular bu hududdan faqat biometrik pasporti borlargina o‘ta olishi mumkinligini bilmagan.

Boris Nemsovni o‘ldirganlikda ayblangan 5 kishi uzoq muddatlarga qamaldi

Озодлик Радиоси 

Moskva okrug harbiy sudi rossiyalik siyosiy muxolifat yetakchisi Boris Nemsovni otib o‘ldirganlikda ayblanayotgan besh kishi ustidan hukm chiqardi. Nemsovga o‘q uzgan Zaur Dadaev 20 yilga, Tamerlan Eskerxanov 14 yilga, Anzor va Shadid Gubashevlar – 19 va 16 yilga, Hamzat Baxaev – 11 yilga qattiq rejimli koloniyada jazo o‘tashga hukm qilindi.

Gulnora Karimovaning muzlatilgan millionlari taqdiri nima bo‘ldi?

Озодлик Радиоси 

AQSh Adliya vazirligi O‘zbekiston marhum prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli ekani aytiladigan bank hisoblaridagi jami 850 million dollarlik aktivlarni sud orqali musodara qilish harakatini boshlaganidan beri bir yildan ko‘proq vaqt o‘tdi. Tomonlarga suddan tashqari yechim uchun berilgan so‘nggi muhlat 2017 yilning 31 yanvarida tugaganidan beri jarayonga oid boshqa ma’lumot jamoatchilikka hozircha e’lon qilingan emas.

Mirziyoev: Bundan buyon kadr tanlashda qarindoshlari sudlanganiga e’tibor berilmaydi

Озодлик Радиоси 

“20 yil davomida shunaqa tizim yaratdikki, yaxshi-yaxshi kadrlarni “otasi qamalgan”, “akasi qamalgan”, degan vajlar bilan boshqaruvga yaqin yo‘latmadik. Barcha o‘zi uchun javob bersin. Ota o‘zi uchun, bola o‘zi uchun, aka o‘zi uchun. Endi vatanparvar bo‘lsa, tashabbuskor bo‘lsa, boshqaruvga jalb qilamiz”, - deb bayonot berdi Prezident Mirziyoev 12 iyulda o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida.

Xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun migratsiya markazlari tashkil etiladi

Озодлик Радиоси 

Yaqin bir yil ichida o‘zbekistonliklar eng ko‘p yashayotgan mamlakatlarda O‘zbekiston migratsiya xizmatlarining vakolatxonalari tashkil etilishi kutilmoqda. Xorij mamlakatlarida tashkil etiladigan migratsiya markazlarining vazifasi mazkur mamlakatda yashayotgan o‘zbekistonliklarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ishlash uchun ruxsatnoma olish jarayonini osonlashtirishdan iborat bo‘ladi.

O‘zbekistonda xorijga chiqish uchun maxsus pasport joriy qilinadi

Озодлик Радиоси 

Endilikda chet elga chiqmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston vatandoshlari maxsus pasport olishlari shart bo‘ladi. Prezident qaroriga ko‘ra, bir oy ichida chet elga chiqish pasportini joriy etish uchun takliflar ishlab chiqiladi. Hozircha yangi tartib qachondan yo‘lga qo‘yilishi ma’lum emas.

Нобел тинчлик мукофоти лауреати, хитойлик диссидент Лю Сяобо вафот этди

Озодлик Радиоси 

Нобел тинчлик мукофоти лауреати, хитойлик диссидент Лю Сяобо 61 ёшида қамоқхонадан касалхонага ўтказилганидан 1 ой ўтиб вафот этди. Айтилишича, у жигар саратони билан оғриган. Олдинроқ Лю Сяобонинг саломатлиги ўта ёмонлигича қолаётгани хабар қилинган эди. Хитойнинг Шэньян шаҳар шифохонаси врачларига кўра, Лю Сяобонинг нафас олиш функцияси ишдан чиққан. Шунга қарамай, яқинлари диссидентни сунъий нафас олиш аппаратига уланишига розилик бермадилар. Аввалроқ шифокорлар Сяобо жигар саратонига чалинганини билдирган эдилар. Читать дальше...

"Хорижга чиқиш паспорти мавжуд фуқаролар учун яна шундай паспорт жорий этиш -мантиқсизлик"

Озодлик Радиоси 

OzodNazar эшиттиришининг бугунги меҳмони, ўзбекистонлик шифокор-блоггер Қанот Одил чет элга чиқмоқчи бўлган ўзбек ватандошларида хорижда тан олинган биометрик паспорт бўлатуриб яна махсус паспорт чиқариш мантиқсиз қадам экани, чиқиш визаси бекор қилиниб, ўрнига хорижий паспортларнинг истеъмолга киритилиши билан ҳеч нарса ўзгармаслиги, қолаверса бу ўзбек ватандошлари, ўзбек солиқ тўловчилари гарданига тушадиган ортиқча ҳаражат бўлишини айтди.

Қурултой: Қамалганларнинг яқинлари «тавқи лаънат»дан қутулдими?

Озодлик Радиоси 

Бундан буён ёш кадрларни танлашда уларнинг яқинлари судлангани тўғрисидаги маълумотларга аҳмият қаратилмайди. Бу ҳақда президент Шавкат Мирзиёев 12 июлда ўтган видеоселектор йиғилишида маълум қилди. Озодликнинг Қурултой эшиттириши қатнашчилари Ўзбекистон президентининг 12 июль куни айтган “20 йил давомида шунақа тизим яратдикки, яхши-яхши кадрларни “отаси қамалган”, “акаси қамалган”, деган важлар билан бошқарувга яқин йўлатмадик. Барча ўзи учун жавоб берсин. Ота ўзи учун, бола ўзи учун, ака ўзи учун. Читать дальше...

"Йўлларнинг сифати ёмонлигидан 4 киши ҳалок бўлди" (ВИДЕО)

Озодлик Радиоси 

Резюме "Sizdan Telegram" лойиҳасида Сиздан келаётган хабарлар, фото ва видеолар ўрин олади. Telegram, WhatsApp тармоғидаги рақамларимиз: +420 724 971 539; +420 724 740 755. Электрон почтамиз: ozodlikmail@gmail.com 60 йилдан зиёд вақт мобайнида холис журналистика андазалари асосида фаолият юритаётган Озодлик радиоси, агар истасангиз, шахсингиз сир қолишини кафолатлайди. ****************************************************************************** Муҳим эслатма: "Sizdan Telegram" лойиҳасида... Читать дальше...

"Ҳомийликка мажбурлаб, 7,5 миллион сўм сўрашмоқда"

Озодлик Радиоси 

Резюме "Sizdan Telegram" лойиҳасида Сиздан келаётган хабарлар, фото ва видеолар ўрин олади. Telegram, WhatsApp тармоғидаги рақамларимиз: +420 724 971 539; +420 724 740 755. Электрон почтамиз: ozodlikmail@gmail.com 60 йилдан зиёд вақт мобайнида холис журналистика андазалари асосида фаолият юритаётган Озодлик радиоси, агар истасангиз, шахсингиз сир қолишини кафолатлайди. ****************************************************************************** Муҳим эслатма: "Sizdan Telegram" лойиҳасида... Читать дальше...

"Эски ҳаммом, эски тос"... Пенсия олиш яна муаммо бўлмоқда (ВИДЕО)

Озодлик Радиоси 

Резюме "Sizdan Telegram" лойиҳасида Сиздан келаётган хабарлар, фото ва видеолар ўрин олади. Telegram, WhatsApp тармоғидаги рақамларимиз: +420 724 971 539; +420 724 740 755. Электрон почтамиз: ozodlikmail@gmail.com 60 йилдан зиёд вақт мобайнида холис журналистика андазалари асосида фаолият юритаётган Озодлик радиоси, агар истасангиз, шахсингиз сир қолишини кафолатлайди. ****************************************************************************** Муҳим эслатма: "Sizdan Telegram" лойиҳасида... Читать дальше...

Паспортини унутган йўловчилар М-39 йўлида Қозоғистон орқали ўта олмайди

Озодлик Радиоси 

Тошкент-Термиз М-39 автомобиль йўлининг Қозоғистон ҳудуди орқали ўтадиган қисми очилгани эълон қилинганидан сўнг, йўлни яқин қилмоқчи бўлиб чегара масканига келган юзлаб автомобиль эгалари ва йўловчилар ортга қайтиб, эски йўлдан юришга мажбур бўлди. Ҳайдовчиларнинг айтишича, улар бу ҳудуддан фақат биометрик паспорти борларгина ўта олиши мумкинлигини билмаган.

Борис Немцовни ўлдирганликда айбланган 5 киши узоқ муддатларга қамалди

Озодлик Радиоси 

Москва округ ҳарбий суди россиялик сиёсий мухолифат етакчиси Борис Немцовни отиб ўлдирганликда айбланаётган беш киши устидан ҳукм чиқарди. Немцовга ўқ узган Заур Дадаев 20 йилга, Тамерлан Эскерханов 14 йилга, Анзор ва Шадид Губашевлар – 19 ва 16 йилга, Ҳамзат Бахаев – 11 йилга қаттиқ режимли колонияда жазо ўташга ҳукм қилинди.

Гулнора Каримованинг музлатилган миллионлари тақдири нима бўлди?

Озодлик Радиоси 

АҚШ Адлия вазирлиги Ўзбекистон марҳум президентининг тўнғич қизи Гулнора Каримовага тегишли экани айтиладиган банк ҳисобларидаги жами 850 миллион долларлик активларни суд орқали мусодара қилиш ҳаракатини бошлаганидан бери бир йилдан кўпроқ вақт ўтди. Томонларга суддан ташқари ечим учун берилган сўнгги муҳлат 2017 йилнинг 31 январида тугаганидан бери жараëнга оид бошқа маълумот жамоатчиликка ҳозирча эълон қилинган эмас.

Борис Немцовни ўлдирганликда айбланган 5 киши устидан суд ҳукм чиқарди

Озодлик Радиоси 

Москва округи ҳарбий суди россиялик сиёсатчи Борис Немцовни ўлдиришда айбланаётган 5 судланувчи устидан ўз ҳукмини эълон қилди. Немцовга ўқ узган Заур Дадаев 20 йилга, Тамерлан Эскерханов 14 йилга, Анзор Губашев 19 ва Шадид Губашев 16 йилга, Хамзат Бахаев 11 йилга озодликдан маҳрум қилинди. Айбланувчиларнинг барчаси жаримага ҳам тортилди. Борис Немцов 2015 йилнинг 27 февралида Россия пойтахтидаги Большой Москворецкий кўпригида отиб ўлдирилган. Ўша йилнинг мартида бугун озодликдан маҳрум қилинган 5 шахс қўлга олинган эди.

ТАСС: Ленинград вилоятида ёнғиндан 7 ўзбекистонлик ҳалок бўлди

Озодлик Радиоси 

Россиянинг Ленинград вилоятидаги ангарда пайшанба кунига ўтар кечаси рўй берган ёнғин натижасида етти киши ҳалок бўлди. Дастлабки маълумотларга кўра, ҳалок бўлганлар Ўзбекистон фуқароларидир.Бу ҳақда хабар қилган ТАСС ахборот агентлигига кўра, жасадлар ёнғин юз берган ангар конструкциясини ажратиш пайтида топилган. Таъкидланишича, ёнғиннинг умумий майдони 600 кв. м.га тенг бўлган. Ҳодисага нима сабаб бўлгани ва ҳалок бўлганлар шахси ҳозирча аниқланмади. Россия Тергов қўмитасининг Санкт-Петербург бўйича бошқармаси жиноят иши қўзғатди.





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *