Мы в Telegram
Добавить новость
smi24.net
Gazeta.uz (ru)
Май
2024
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
12
13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25
26
27
28
29
30
31

Новости за 07.05.2024

AQSh Boeing`ga nisbatan yangi tergov boshladi

Gazeta.uz (ru) 

AQSh aviatsiya regulyatori 787 Dreamliner samolyotini sinovdan o‘tkazishda hujjatlarni qalbakilashtirish ehtimoli tufayli Boeing kompaniyasiga nisbatan yangi tergov boshladi. Kompaniya qoidabuzarliklarni tasdiqladi, biroq parvozlar xavfsizligiga tahdid yo‘qligini ma’lum qildi.

7-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Gazeta.uz (ru) 

Urush qatnashchilari uchun 20 mln so‘m mukofot, Davlat grantini taqsimlash bo‘yicha yangicha tartib, O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishiga doir milliy rejasi, Oliy sudda oqlangan qatag‘on qurbonlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

8-may kuni Toshkentda harbiylarning piyoda yurishi bo‘lib o‘tadi

Gazeta.uz (ru) 

8-may kuni Toshkent shahrida Mudofaa vazirligi harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona yurishi bo‘lib o‘tadi. Harbiy xizmatchilar G‘alaba bog‘idan Magic City parkigacha harakatlanadi. Poytaxtning bir qator ko‘chalari transportlar uchun yopiladi (xarita).

UzAuto Motors Gentra, Damas va Labo uchun kontraktatsiyani ochadi

Gazeta.uz (ru) 

UzAuto Motors 8-may kuni soat 10:00 da avvalgi shartnomalardan chiqarilgan Gentra, Damas va Labo uchun kontraktatsiyani ochadi. Gentra`larni (4500 ta) shu zahoti olib ketish mumkin bo‘ladi. Kompaniya, shuningdek, Cobalt avtomobilini yangilangan modifikatsiyada ishlab chiqara boshlashini ma’lum qildi.



Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

Gazeta.uz (ru) 

Vladimir Putinning prezidentlik lavozimiga kirishishi munosabati bilan Rossiya hukumati iste’foga chiqdi. Yaqin kunlarda Putin Davlat dumasiga yangi bosh vazir nomzodini taqdim etadi. Ungacha avvalgi hukumat o‘z vazifasini bajaruvchi sifatida ishlashda davom etadi.

Jurnalist Abdurauf Qorjovov 68 yoshda vafot etdi

Gazeta.uz (ru) 

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Abdurauf Qorjovov 68 yoshda vafot etdi. U MTRK tizimida 27 yil davomida ishlagan, shuningdek, so‘nggi yillarda “Yangi O‘zbekiston” gazetasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashni muhokama qildi

Gazeta.uz (ru) 

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari Farg‘onada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashni muhokama qildi. Shuningdek, qirg‘iz-tojik chegaralarini delimitatsiya qilish va o‘zbek-qirg‘iz chegaralarini demarkatsiyalash jarayonlarini tezlashtirishga kelishib olindi.

Ayollarni himoya qilishi kerak bo‘lgan qonun ularni jazolash uchun ham xizmat qilmoqda

Gazeta.uz (ru) 

O‘tkirbek Xolmirzayev va Zayniddin Shamsidinov oilaviy zo‘ravonlikka doir 10 462 ish asosida o‘tkazgan tadqiqot O‘zbekistonda ayollar himoyasi uchun qabul qilingan qonun ularni jazolashga ham xizmat qilayotganini ko‘rsatdi. “Bu paradoks dunyoning hech bir huquqiy tizimi amaliyotida uchramagan”, deydi tadqiqotchilar.

Oliy sud 205 nafar qatag‘on qurbonlarini oqladi. Ro‘yxat

Gazeta.uz (ru) 

O‘zbekiston Oliy sudi 1930−1938-yillarda qatag‘on qilingan 205 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmini chiqardi. Ushbu shaxslarning aksariyati konslagerga jo‘natilgan, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki otuvga hukm qilingan.

Talabalar uchun davlat grantini taqsimlash tartibi o‘zgaradi

Gazeta.uz (ru) 

Endilikda OTMlarda davlat granti butun o‘qish davri uchun bir talabaga berilmay, har yili yuqori baholar olgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi. “Grantga kirgan talaba keyingi o‘quv yilida ham grant uchun kurashishi kerak”, — dedi “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” direktori Adham Xudoyqulov.





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *