Мы в Telegram
Добавить новость
smi24.net
Gazeta.uz (ru)
Май
2024
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
12
13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25
26
27
28
29
30
31

Новости за 08.05.2024

Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi

Gazeta.uz (ru) 

O‘zbekistonda Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi. Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyatni hududlar kesimida o‘rganish markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Markaz direktorining maqomi prezident maslahatchisi o‘rinbosarinikiga tenglashtirildi.

Toshkentda 4 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

Gazeta.uz (ru) 

Toshkent shahri Temur Malik ko‘chasidagi burilish joyi yopilgani munosabati bilan 9-maydan 30, 95, 110 va 129-sonli avtobuslarning harakat yo‘nalishi o‘zgaradi. Shuningdek, 72-avtobusning ish vaqti 5:00 dan boshlanadi.

8-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Gazeta.uz (ru) 

Urush faxriylarini ziyorat qilgan prezident, narx ko‘tarilishi fonida oshgan oltin-valyuta zaxiralari, OTMlarga kirishdagi yangi minimal o‘tish ballari, rektorlarni saylash uchun “vaqt kerak"ligini aytgan vazir va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.



AstraZeneca butun dunyo bo‘ylab COVID-19 vaksinalarini qaytarib olmoqda

Gazeta.uz (ru) 

AstraZeneca butun dunyo bo‘ylab o‘zining koronavirus vaksinasi uchun marketing ruxsatnomalarini qaytarib olishni boshladi. Kompaniya bu qadamni boshqa samaraliroq dorilarning ko‘pligi bilan izohladi. Ishlab chiqaruvchi avvalroq vaksinasi juda kamdan-kam hollarda trombozga olib kelishi mumkinligini tan olgandi.

Rossiyaga kirishdagi to‘siqlar Qozog‘istonda ham amal qiladi — TIV

Gazeta.uz (ru) 

O‘zbekiston TIV Qozog‘istonga kirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgani bois mamlakatga bormoqchi bo‘lgan fuqarolardan o‘zlari bilan barcha zarur hujjatlarni olib yurishni so‘radi. Shuningdek, Rossiyaga kirishdagi to‘siqlar Qozog‘istonda ham amal qilishini eslatdi.

Shavkat Mirziyoyev xalqni 9-may munosabati bilan tabrikladi

Gazeta.uz (ru) 

Prezident Xotira va qadrlash kuni hamda g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan xalqqa tabrik yo‘lladi. “Bugungi ozod va erkin hayot uchun aziz jonini ayamasdan kurashgan bunday ulug‘ insonlar oldida doimo qarzdormiz”, degan prezident ularning jasorati yoshlarni tarbiyalashda ibrat maktabi bo‘lishini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga bordi (foto, video)

Gazeta.uz (ru) 

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Moskva shahriga yetib bordi. Uni Vnukovo xalqaro aeroportida Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Denis Manturov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

O‘zbekistonda aprel oyi me’yordan 1−2 daraja iliqroq bo‘ldi

Gazeta.uz (ru) 

O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismi bo‘yicha aprel oyi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq aprel oylari beshligiga kirdi. Havoning o‘rtacha harorati 1−2 daraja iliq, respublika janubida esa me’yordan 3−5 daraja yuqori bo‘ldi.

Grantda o‘qigan talabalarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi

Gazeta.uz (ru) 

Davlat OTMlarida grant asosida o‘qigan talabalarning o‘qishni tugatgandan keyin 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartiriladi, sirtqi ta’lim kvotasi kunduzgi ta’limga ajratilgan miqdordan oshmaydi.





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *