Мы в Telegram
Добавить новость
smi24.net
Gazeta.uz (ru)
Май
2024
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
12
13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31

Новости за 20.05.2024

Toshkentda Matiz urib yuborgan piyoda vafot etdi

Gazeta.uz (ru) 

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida Matiz yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi, u voqea joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

20-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Gazeta.uz (ru) 

O‘zbekiston va AQShning maxfiy ma’lumotlar bo‘yicha bitimi, 10 yillik tanaffusdan keyin O‘zbekiston energosektoriga qaytgan Petronas, Namanganda boshlangan gullar festivalining ilk kuni, Eron prezidenti halok bo‘lgan aviafalokat tafsilotlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentdagi G‘alaba bog‘i qisqa muddatga yopildi

Gazeta.uz (ru) 

Olmazor tumanidagi G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi va Shon-sharaf davlat muzeyida 20-maydan yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish hamda kichik ta’mirlash va dezinfeksiya ishlari olib boriladi. Shu sababli bog‘ga kirish kirish vaqtinchalik to‘xtatildi.



Eron prezidenti halok bo‘lgan aviafalokat. Tafsilotlar

Gazeta.uz (ru) 

19-may kuni Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi. Noqulay ob-havo tufayli qutqaruvchilar tuni bilan voqea joyini ko‘zdan kechirdi. Halokat ortidan mamlakatda 5 kunlik motam e’lon qilindi. Prezident vazifasini vaqtincha mamlakat birinchi vitse-prezidenti bajarib turadi. Batafsil.

4 oyda suvga noqonuniy ulanish bo‘yicha 2600 ga yaqin holat aniqlandi

Gazeta.uz (ru) 

O‘zbekistonda yanvar-aprel oylarida ichimlik va oqova suv tizimlariga 2600 ga yaqin noqonuniy ulanish holati aniqlandi. Eng yuqori ko‘rsatkich poytaxt, Jizzax va Samarqand viloyatlarida qayd etildi. “O‘zsuvta’minot”ga ko‘ra, oqibatda jamiyat manfaatlariga 51 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.

Namanganda 63-xalqaro gullar festivali boshlandi — fotoreportaj

Gazeta.uz (ru) 

Namangan shahri bo‘ylab 63-xalqaro gullar festivalining ilk kunida gullarga burkangan avtokarvon yurib o‘tdi. Bayram arafasida 45 mln tupdan ziyod gul va buta ekildi. Bu yil an’anaviy tadbirda 6 mln kishi ishtirok etishi kutilmoqda. “Gazeta.uz” 23-iyungacha davom etadigan festivaldan fotoreportaj tayyorladi.

Suv xo‘jaligi vazirligi yagona suv balansi va davlat suv kadastrini yuritadi

Gazeta.uz (ru) 

Prezident barcha manbalar bo‘yicha yagona suv balansini yuritish va davlat suv kadastrini tashkil etish uchun Suv xo‘jaligi vazirligini mas’ul etib belgiladi. Vazirlik tarkibida Ekspluatatsiya agentligi va Suv xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti tashkil etilmoqda.

Eron hukumati prezident vafotidan so‘ng bayonot berdi

Gazeta.uz (ru) 

Eron hukumati prezident Ibrohim Raisiy vertolyot halokatida vafot etganidan so‘ng bergan bayonotida mamlakat boshqaruvida “hech qanday uzilishlar” bo‘lmasligiga ishontirdi. Prezidentning vazifalari, Eron konstitutsiyasiga ko‘ra, birinchi vitse-prezident Muhammad Moxberga o‘tadi.

Davlat mulkini ijaraga berish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Gazeta.uz (ru) 

Senat davlat mulkini ijaraga berish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Mansabdorlar davlat mulkini shartnoma tuzmasdan ijaraga bergan, ijarachining mulkni qabul qilib olishiga asossiz to‘sqinlik qilgan va boshqa hollarda jarimaga tortiladi.

Ohangaron tumanida hokim almashdi

Gazeta.uz (ru) 

2023-yil avgust oyidan beri Toshkent viloyati Ohangaron tumaniga hokimlik qilib kelgan Erkin Muhitdinov lavozimidan ozod etilib, viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Uning o‘rnini viloyat hokimi yordamchisi Doniyor Madirimov egalladi.

Payshanbadan O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Gazeta.uz (ru) 

Yomg‘irli va salqin o‘tgan dam olish kunlaridan so‘ng O‘zbekiston bo‘ylab chorshanbagacha quruq ob-havo hukm suradi, harorat 24−29 darajagacha isiydi. Payshanbadan boshlab ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi.





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *