Мы в Telegram
Добавить новость
smi24.net
Gazeta.uz (ru)
Май
2024
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
12
13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31

Новости за 24.05.2024

24-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Gazeta.uz (ru) 

O‘zbekistonning tashqi savdodagi top-10 hamkorlari, valyuta kursi o‘zgaruvchanligini asosiy xavf sifatida ko‘rayotgan bankirlar, yomg‘ir sabab suv bosgan Toshkent ko‘chalari, bitiruvchilarga tabrik yo‘llagan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Prezident bitiruvchilarga: “Hech qachon ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang”

Gazeta.uz (ru) 

Prezident maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigida ularning har biri o‘ziga xos ekanini ta’kidlab, orzu qilishdan to‘xtamaslikka, xatolardan saboq olishga chaqirdi. U yangi g‘oyalar va ishtiyoq nafaqat ularning, balki butun O‘zbekistonning hayotini o‘zgartirishi mumkinligini aytdi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (25−26-may)

Gazeta.uz (ru) 

4 ta kinopremyera, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” munosabati bilan bepul konsertlar, Jaloliddin Ahmadaliyev konserti, yarmarkalar, spektakllar, chegirmalar, ko‘rgazmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.



Toshkentda uy eshiklarini poylagan yigit 5 sutkaga qamaldi

Gazeta.uz (ru) 

Yarim tunda Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uy xonadonlarini poylab, ko‘z tirqishidan qaragan 24 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi. U sudda uy yaqinidan o‘tib ketayotganida kimdir yordam so‘rab chaqirgani, shuning uchun o‘sha qavatga chiqib, eshiklarni poylaganini aytgan.

Toshkent ko‘chalarini yana suv bosdi — video

Gazeta.uz (ru) 

Juma kuni bir necha soat davom etgan yomg‘irlar Toshkent ko‘chalarini yana suv bosishiga olib keldi. Oqibatda yo‘llarda, ko‘p qavatli uylar hovlilarida harakat qiyinlashdi, piyodalar va bekatlardagi yo‘lovchilar suv ustidan yurishga majbur bo‘ldi. Hodisa oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Video.

Toshkentdan Budapeshtga muntazam aviareyslar qo‘yiladi

Gazeta.uz (ru) 

Qanot Sharq kompaniyasi 30-iyundan O‘zbekiston va Vengriya poytaxtlari o‘rtasida haftasiga bir marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi. sentabrdan esa qatnov haftada ikki martagacha oshirilishi mumkin.

Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Gazeta.uz (ru) 

Moskva viloyatidagi yotoqxonada yong‘in yuz berib, oqibatda 8 kishi halok bo‘ldi. Elchixona ularning orasida O‘zbekiston fuqarolari ham borligi, vafot etganlarning shaxsini aniqlash ishlari olib borilayotganini bildirdi.

Alisher Yusupov dzyudo bo‘yicha jahon chempionati sovrindori bo‘ldi

Gazeta.uz (ru) 

BAAda o‘tgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining yakkalik bahslarini o‘zbekistonliklar 2 ta medal bilan yakunladi. Unda Alisher Yusupov +100 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Avvalroq Diyora Keldiyorova kumush medal olgandi.

Dam olish kunlari o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi

Gazeta.uz (ru) 

Shanba kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, havo harorat +26…+29 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni aksariyat hududlarda yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda, biroq harorat +17…+22 darajagacha pasayadi.





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *