Mirziyoev Karimov qamagan Mavlon Umurzoqovni oqladi
Marhum prezident Islom Karimovning sobiq davlat maslahatchisi Mavlon Umurzoqov Ozodlik bilan suhbatda Oliy sud qarorini 21 yil kutganini aytdi. O‘zbekiston Oliy sudi 67 yashar Mavlon Umurzoqovni to‘la-to‘kis oqlash va moddiy va ma’naviy zararni qoplash haqida 8 avgustda qaror chiqardi.