Bahodir Jalol: Karimovning birinchi portretini chizgan edim... (Eksklyuziv suhbat)
O‘zbekiston xalq rassomi¸ SSSR davlat rassomi Bahodir Jalol O‘zbekistonning birinchi prezidenti siymosini aks ettirish bo‘yicha avgust oxirida o‘tkazilgan respublika konkursi g‘olibi deb topildi. 69 yashar rassom Bahodir Jalol Ozodlik bilan suhbatda konkursda g‘olib deb topilgan portretni Karimov o‘limidan ikki yil avval¸ undan ruhsat olib tasvirlaganini bilan bog‘liq tafsilotlarni aytib berdi.