Oliy sud “shturm”chi shikoyatchilar voqeasi tafsilotlarini ochiqladi
15 avgust kuni O‘zbekiston Oliy sudi binosi oldida kutish joniga tekkan yuzlab shikoyatchi binoning yopiq darvozasi qulfini sindirib ichkariga kirgani xabar qilingandi. Oliy sud “voqelik bo‘rttirib ko‘rsatilgan”ini ta’kidlab, aslida bir necha shikoyatchi qabulga navbatsiz kirish maqsadida militsiya xodimlarini chalg‘itib, darvoza qulfini ochib, sud binosiga kirishgani haqida e’lon qildi.