O‘zbekistonda "chiqish vizasi" bekor qilinadigan sana aniq aytildi
Prezident Mirziyoev 16 avgustda imzolagan farmonga binoan 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab horijga chiqish stikerlari bekor qilinadi va xorijga chiqish pasporti joriy qilinadi. Farmonda aytilishicha, O‘zbekiston fuqarosining 2011 yildan boshlab joriy etilgan amaldagi biometrik pasporti shaxsni va egasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat sanaladi, hamda O‘zbekiston hududida foydalaniladi.